Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Kashfiyotlar: Kilian va Vinisiusdan keyin...

Kashfiyotlar: Kilian va Vinisiusdan keyin...

Baho:
+ | -

YECHL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «RB Leypsig» - «Shaxtyor» o‘yini (1:4) ukrainalik iqtidor Mixail Mudrikka ataldi.

Germaniyada 1ta gol va 2ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan yigitcha birdaniga hammaning e’tiboriga tushdi. Mixailning faolligi evaziga «kon-chilar» yengil g‘alabani qo‘lga kiritishdi va yakunda «buqalar» bosh murabbiyi Domeniko Tedesko iste’foga chiqarildi. Aslida Mudrik notanish emas, u yozda bir qator grand klublar chorlovidan ko‘z yumib, faoliyatini Doneskda davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Qiziq, nega? Nima, yevrofutbol tomon qadam bosishga botinolmadimi? Bu kabi savollar javobi Mixailning g‘aroyib faoliyatida yashirin. Xo‘sh, Ukraina futbolida bosh ko‘tarayotgan yangi iste’dod haqida nimalarni bilish lozim?

Mixail Mudrik - «Shaxtyor» tarbiyalanuvchisi. 21 yoshli futbolchi 2016 yildan buyon Donesk klubi tizimida. U bunga qadar «Metallist» va «Dnepr» yoshlar jamoalarida to‘p surgan. Professional darajadagi debyutini 2018 yilning oktyabr oyida, Ukrai­na kubogida Doneskning «Olimpik» jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda nishonladi. Mixail o‘shanda final hushtagi yangrashiga 21 daqiqa qolgan vaqt maydonga tushgandi. Biroq yigitcha keyinchalik «Shaxtyor»ning asosiy tarkibidan joy olishga qiynaldi va debyutidan 4 oy o‘tgach, uni «Arsenal» (Kiyev)ga yuborishdi - ijara safari. Misha yangi jamoasida ham o‘zi istagan darajada amaliyot va natijaga ega bo‘lmadi: 10ta o‘yinning har birida o‘rtacha hisobda 38 daqiqa harakatlangan holda, birorta samarali harakat qayd etmadi. Shu tariqa 1 yildan so‘ng «Shaxtyor»ga qayt­di va darhol «Desna»ga «surgun» qilindi. To‘g‘ri, Mudrik navbatdagi ijara safari oldidan «konchilar»ning asosiy jamoasida 3 marta maydonga tushish asnosida mamlakat chempioniga aylandi. Chernigov («Desna» shu shahar jamoasi)da Mudrikka birdaniga boshlang‘ich tarkibdan joy berishdi, ammo u naq 11ta o‘yinda loaqal 1ta gol urdi yoki assis­tentlik qildi.

Xullas, xavbek o‘tgan yilning yanvarida yana «Shaxtyor»ga qaytdi - mutlaqo tushkun kayfiyatda. Qarangki, donesk­liklar bu safar uni boshqa hech qayerga yuborishmadi. Mishaning o‘zi esa 2020|2021 yillar mavsumi ikkinchi yarmida atigi 27 daqiqa o‘ynaganida ham sabr qildi. Nihoyat, mavsum-2021|2022da hammasi o‘zgardi: asta-sekin murabbiy ishonchiga kirgan yarim himoyachi avgust oxirida «Chernomores»ga qarshi kechgan o‘yinda 2ta, «Monako» bilan bahsda esa 1ta golga hammualliflik qildi. Shu tariqa Mixail 2021 yil oxirigacha 19 marta asosiy tarkibda maydonga tushib, 2ta gol va 9ta samarali uzatma yig‘di. Ayniqsa, dekabr oyida «Lvov»ga qarshi kechgan bellashuvdagi natijasi tahsinga loyiq: «konchilar» 6:1 hisobida ustun kelgan bo‘lsalar, Mixail 4ta gol assistentiga aylangan edi. Muxlislar shunga yarasha, noyabr - dekabr oylarida xavbekni jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishdi. Mudrik ijrosidagi o‘yin­da kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar e’tiborsiz qolmadi, albatta. Xususan, o‘tgan yil kuzda uni Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy sovriniga da’vogar 40 nafar iste’dod ro‘yxatiga kiritishdi. Qishki transferlar darchasining ochilishi arafasida esa ukrainalik iqtidorga «Sevilya» va «Brentford» tomonidan qiziqish bildirildi. Ispanlar uni nomzod futbolchilar ro‘yxatiga kiritish bilan kifoyalangan bo‘lsalar, inglizlar 12 mln. funt taklif qilishdi. Biroq bu «Shaxtyor» tomonidan rad etildi. «Ha, «Brentford» Mudrik uchun 12 mln. funt berishga tayyor edi. 5,5 yillik shartnomaga muvofiq, futbolchiga 28000 funt miqdorida haftalik maosh belgilash ko‘zda tutilgan, u muvaffaqiyatli to‘p surgan taqdirda ish haqining oshirilishi aytildi. Shuningdek, «Shaxtyor»ga 12 mln. funtdan tashqari, qo‘shimcha bonuslar ham va’da qilindi», - deya ma’lumot bergandi xavbekning agenti Aleksey Alyoxin.

2022|2023 yillar mavsumi boshlanishi arafasida Mixailga yana bir qator jamoalar qiziqish bildirdi. Xususan, «Brentford»ning takroriy urinishi samara bermadi, «Bayer» kelishuvga yaqin kelgandi, lekin futbolchi Doneskda qolishni ma’qul ko‘rdi. Hattoki, «Milan» va «Yuventus»dek grandlar chorlovi ham e’tiborga olinmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Mudrik Italiya klublari muntazam o‘yin amaliyoti bilan ta’minlashiga uncha ishonmagan. Avgust oyiga kelib, «Arsenal» va «Everton» vakillari ham yosh iqtidorni ko‘ndirishga urinib ko‘rishdi. Lekin hech narsaga erisholmadilar. Balki «Shaxtyor»ning talabi ularni cho‘chitib yuborgandir. Har holda, «Futbol-24»dan olingan xabarda aytilishicha, «konchilar» Mudrikni 35 mln. yevrodan kamiga sotmasliklarini ma’lum qilishgan. Ukrainalik futbolchining APLga o‘tishi masalasiga taniqli insayder Fabrisio Romanyoli ham befarq qaramagandi: «Donesk klubi «Everton»ning 30 million yevroni o‘z ichiga olgan taklifini rad etdi. So‘nggi kunlar «Arsenal» ham Mudrikni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha harakat boshladi. Sal avvalroq uning vatandoshi - Aleksandr Zinchenkoni xarid qilgan jamoa tarkibda ukraincha tandem hosil qilishni o‘ylagandi. Umuman, yana bir qator da’vogar  jamoalar borki, ular transferlar darchasining oxirgi kunlari bir to‘xtamga kelishlari mumkin». Yakunda futbolchi «Shaxtyor»dan ketgani yo‘q. Aftidan, klub uning bahosini yana oshirishni mo‘ljallamoqda. Chunonchi, yozda Ukraina milliy jamoasida debyutini nishonlagan Misha hozirga qadar 5ta o‘yinda qatnashishga ulgurdi, qolaversa, klubda ham asosiy tarkib a’zosiga aylanib, chempionat startidagi 3ta uchrashuvda ketma-ket samarali uzatmani amalga oshirdi. 

Mudrikning «konchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amalda bo‘lishini nazarda tutsak, u Yevropa klublariga hali ancha qimmatga tushishi mumkin. Donesk klubi sport direktori Dario Srna bu borada dalil fikrga ega: «Takliflar ko‘p, ammo hozir prezident Mudrikni sotishga tayyor emas. Shaxsan men uchun Misha pozisiya bo‘yicha Mbappe va Vinisiusdan keyin Yevropaning eng yaxshi 3-futbolchisi. Uning «Ayaks» darvozasiga urgan birgina goli fikrimni bemalol tasdiqlaydi... Internetda qidirib ko‘ring, so‘nggi 20 yildagi o‘yinlardan 5 yoki 6ta shunday ajib gol topish mumkin. Ayrim mutaxassislar hozirgi vaziyatdan foydalanib, futbolchilarimizni arzon-garovga sotib olmoqchilar. Lekin ular prezidentimiz fe’lini bilmaydilar. Mudrik hozircha sotilmaydi. Qachonki, top-darajaga ko‘tarilsa, shundagina prezident takliflar bilan tanishishni boshlaydi. Xo‘sh, Mudrikning bahosi qancha? U - bebaho. Takrorlayman, ayni payt Yevropada shu pozisiyada Mbappe va Vinisiusdan tashqari, Mishadan kuchliroq o‘yin­chini ko‘rmayapman. Birinchidan, u odobli yigit. Ikkinchidan, chinakam professional. Uchinchidan, «Shaxtyor»ga sadoqatli. Ha, ketish niyati yo‘q emas, lekin hozircha o‘z o‘rnida. Mudrik - ulkan salohiyat sohibi». 

Mohir va tezkor chap qanot vingeri maydonda ajoyib dribling namoyish etadi, qanotdan uyushtirgan reydlarini samarali hujumlar va kuchli zarbalar bilan yakunlaydi. Bunday iqtidor hech qaysi jamoaga ortiqchalik qilmaydi. Misha o‘tgan mavsum CHLda «Sherif», «Real» va «Inter»ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgandi. Bu yil yana «Real»ga qarshi o‘ynaydi, «RB Leypsig» bilan bahsda nimalarga qodirligini namoyish etdi, 2-turda «Seltik» darvozasini ham nishonga oldi. To‘g‘ri, «Shaxtyor» Shotlandiya chempionini yengolmadi (1:1), muhimi, shunday uchrashuvlar Mudrik kabi yosh futbolchilarning keyingi faoliyati uchun katta ahamiyat kasb etadi. 

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 26.09.2022.
O'qildi: 1604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.