Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 2-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Barselona”ning Messini ortga qaytarishga ikkita rejasi bor!

“Barselona”ning Messini ortga qaytarishga ikkita rejasi bor!

Baho:
+ | -

Lionel Messi bir yildan ortiq vaqtdan beri “PSJ”da o‘ynamoqda. Argentinalikning Fransiyada moslashuvi qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganligi haqida bahslashish mumkin. Bir tomondan Leo o‘zining avvalgi o‘yinini ko‘rsatmayapti va Parijda Kataloniyadagidek o‘zini qulay his qilmayapti. Boshqa tomondan, bu mavsumda u o‘zini jamoa yetakchilaridan biri sifatida ko‘rsatdi.

Endi esa Messining nomi o‘yindan tashqarida muhokama qilinmoqda. Leoning "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar u ketganidan beri yangrab keladi, ammo endi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Va aftidan, hamma narsa avvalgidan ko‘ra jiddiyroq ko‘rinadi.

Messining "Barsa" prezidenti bilan munosabatlari yaxshilandi. Bu ijobiy rol o‘ynashi mumkin

Leoning qaytishi haqida Marca nashri xabar tarqatdi. Jurnalistlar birinchi navbatda Messi va Joan Laporta o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratishdi. Laporta 2003 yildan 2010 yilgacha "Barsa"ni boshqargan. O‘sha yillarda argentinalik futbolchi "Oltin to‘p" sohibiga aylangandi. 2021 yilda Laporta qaytib keldi va darhol Messini jamoada saqlab qolishini aytdi. Leoning shartnomasi o‘sha yozda tugashi kerak edi va prezident hamma narsani hal qila olishiga ishonchi komil edi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, Laporta o‘ziga katta baho berob yuborgan. "Barsa" juda yomon moliyaviy ahvolga tushib qolgandiki, ular Messi bilan shartnomani yangilay olmadilar.

Yuqoridagi voqealar Messi va Laporta o‘rtasidagi munosabatlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi qiyin edi. Darhaqiqat, prezident va’dasini bajarmadi va Leoning o‘zi majburiy ajralish haqida deyarli so‘nggi daqiqada bilib oldi. Biroq, o‘sha Marca xabariga ko‘ra, munosabatlar yaxshilangan.

"Barsa"da Messining qaytarish uchun ikkita reja bor

Leo jamoa qaytsa qaysi pozitsiyada o‘ynashi aniq emas, ammo Laportaning niyati jiddiy. Ochig‘i, Messi "Barsa" bilan o‘zio xohlagandek xayrlashmadi. Leo klub tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi, ammo u tez va sharafsiz ketdi. "Barsa" prezidenti buni zudlik bilan hal qilishni talab qiladigan muammo deb hisoblaydi.

Birinchi reja: klub Leo bilan keng ko‘lamli xayrlashuvni tashkil qiladi va keyinchalik unga tizimdagi o‘rnini taklif qiladi. Katta ehtimol bilan Leo "Barselona"ning elchisi vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birgalikda u sport direktori yordamchisi vazifasini bajarishi ham mumkin.

Ikkinchi reja: Messining kelasi yozda “PSJ” bilan shartnomasi tugagach, futbolchi sifatida “Barsa”ga qaytadi. Leo maoshini sezilarli darajada kamaytirishga majbur bo‘ladi. Hatto Xavi ham bunday qaytishdan xursand bo‘lardi, garchi murabbiy yosh futbolchilarga zarar yetkazmaslik uchun argentinalik uchun maydonda joy izlashi va shunga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Jurnalistlar bu rejani "katta iqtisodiy operasiya" deb atashyapti.

Messining futbolchi sifatida "Barsa"ga qaytishini tashkil qilish haqiqatdan ham oson emas. Ammo buning uchun ba’zi shartlar allaqachon mavjud. Birinchidan, “PSJ” bilan shartnoma mavsum oxirida tugaydi. Ikkinchidan, Leo hali ham Kataloniyani o‘z uyi deb biladi, uning eski uyi hali ham sotilmagan va vaqti-vaqti bilan u yerga kelib turadi. Siz uning qaytishiga ishinasizmi?

Kiritildi: 11:19, 27.09.2022.
O'qildi: 6203 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик