Angliya terma jamoasi Germaniyaga qarshi chiroyli o‘yin o‘tkazdi. O‘yin yakuniga 20 daqiqa qolganida inglizlar 0:2 hisobida yutqazayotgandi, ammo 13 daqiqadan keyin 3:2 hisobida oldinga chiqib olishdi. Biroq ular g‘alaba qozona olmadi va turnirni 0 g‘alaba va 3 ochko bilan yakunladi.
Germaniya bilan uchrashuvning asosiy antiqahramonlari darvozabon Nik Pop va himoyachi Garri Maguayr bo‘ldi. “Manchester Yunayted” sardori birdaniga raqibning ikkita golida bevosita ishtirok etdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Maguayr o‘z jarima maydonchasi yaqinida noaniq uzatmani amalga oshirdi - to‘pni yosh va chaqqon Jamol Musiala egallab oldi. U jarima maydonchasiga kirib, to‘pni angliyalikning oyoqlari orasidan olib o‘tdi - Maguayr esa qo‘pollik ishlatdi. Gyundogan penaltidan hisobni ochdi.
Lekin bu hammasi emas. 65-daqiqada Garri Maguayr to‘pni yo‘qotdi va Kay Xaverts vaziyatdan sovuqqonlik bilan foydalanib ketdi.
Harri tanqidga e’tibor bermaslikka harakat qiladi
Maguayrga doimiy tanqid begona emas. So‘nggi bir necha mavsumda Garrini memlar qiroli qilishdi - u uchun "Manchester Yunayted" "Lester"ga 80 million funt to‘laganiga ishonish qiyindek. Ten Hag qo‘l ostida ingliz butunlay zaxira futbolchisiga aylanmoqda. “Inson sifatida siz har doim turli xil variantlarni ko‘rib chiqasiz. Murabbiy sifatida siz aniq qarorlar qabul qilishingiz kerak”, - dedi Erik vaziyatga baho bera turib.
"Manchester Yunayted" birinchi sardorsiz Premyer-ligada ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi - va endi Garrining tarkibdagi har bir harakatisi voqea sifatida qabul qilinadi. "Garri mashg‘ulotlarda har kuni o‘zini ko‘rsatadi. U yaxshi futbolchi" deydi jamoadoshi Brandon Uilyams. “Bizni tanqidlar qiziqtirmaydi".
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ham to‘liq Garri tomonida: «Obro‘yim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, men tavakkal qilishga tayyorman. Sizning fikringiz doimo qo‘llab-quvvatlanishi kerak va biz u jamoa uchun muhim o‘yinchi ekanligiga ishonamiz. Garri bizning havodagi eng yaxshi himoyachimiz."
Maguayrning o‘zi tanqidga e’tibor bermaydi:
“Mening formam haqida nima deyishlarini bilmayman. Men buni o‘qimayman. Yozda Angliya termasida uchta yaxshi o‘yin o‘tkazdim va mavsumoldi tayyorgarliklarni yaxshi o‘tkazdim. Men o‘zimni juda yaxshi his qildim.
Murabbiy meni zaxiraga o‘tkazishga qaror qildi va shundan beri jamoa g‘alaba qozonmoqda. Mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qilaman va imkoniyat vaqtini kutaman. Jamoaga yordam berishga harakat qilishim mumkin bo‘lgan narsa shu. Men boshqa hech kimga, odamlar nima deyishiga e’tibor bermayman. O‘ylaymanki, agar ular men haqimda maqola yozishsa, bu katta yangilik bo‘ladi, chunki men «Yunayted»ning sardoriman - ular tanqid va shunga o‘xshash narsalarni yoqtirishadi.