O‘zbekiston professional futbol ligasi Superliga ishtirokchisi bo‘lgan “Dinamo” futbol klubiga 20-turga qadar bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan lisenziyasini taqdim etish uchun vaqt bergan edi.
«Dinamo» ushbu talabni bajargan holda Vadim Abramovning 2022 yil 26-sentyabr sanasida yangilanganligi qayd etilgan lisenziyasini O‘zPFLga taqdim etdi.
Shu bois, Abramov klub bosh murabbiyi sifatida ish olib borishiga huquqiy jihatdan monelik yo‘q.