Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Risharlison: «Everton»ni yaxshi ko‘raman, lekin klubda ambisiya yo‘q edi...»

Risharlison: «Everton»ni yaxshi ko‘raman, lekin klubda ambisiya yo‘q edi...»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yozda «Everton»dan universal hujumchi Risharlisonni sotib olish asnosida katta yurishni amalga oshirdi.

«Shporlar» safida darhol natija ko‘rsatishga tushgan braziliyalik futbolchi yaqinda FourFourTwo nash­ri mehmoni bo‘ldi va «Gudison Park»dan nega voz kechganiga alohida izoh berdi. U shuning barobarida Antonio Konte hamda Tomas Tuxel o‘rtasida yuzaga kelgan va ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan mashhur mojaro xususida ham fikr bildirdi. Risharlison Liverpulning ikkinchi raqamli jamoasi safiga 2018 yili «Uotford»dan o‘tgandi. O‘shanda u «Everton» tarixidagi ikkinchi eng qimmatbaho futbolchiga aylangan edi. Biroq «irislar» ortda qolgan vaqt davomida faqat pastga qarab ketishdi va o‘tgan mavsum hattoki, APLda qolish uchungina kurashishlariga to‘g‘ri keldi. Jamoa yakunda kuchlilar safida qolish missiyasini zo‘rg‘a uddaladi (16-o‘rin). Braziliyalik universal esa shundan keyin jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Qolaversa, «Everton» 60 million funt sterlingni o‘z ichiga olgan taklifni rad etolmasdi.

- «Everton»dan ketishingiz oson bo‘lmagandir...

- Agar klub bilan aloqangiz chuqur ildiz otgan bo‘lsa, bu masalada qiynalishingiz turgan gap. Aslida «Everton»­da baxtli edim, klubda ko‘p narsalar o‘rgandim va buning uchun umrbod minnatdorman. «Everton» - boy tarixga ega katta klub. Biroq hozirda unga kuchli ambisiya yetishmayotgandek. Futbol mohiyati esa, sovrinlar yutish uchun harakatdir. Mana, «Gudison Park»­da 4 yil o‘ynadim va jamoa yirik muvaffaqiyatlardan juda uzoqda ekanligini ko‘rdim. Qisqasi, muhitni o‘zgartirish, qat’iy qadam tashlash payti kelganini tushundim. Qolaversa, klub ham transferimdan oz-moz ishlab olishi kerak edi. O‘ylaymanki, yakunda hamma uchun yaxshi kelishuv amalga oshdi. «Tottenxem» esa men uchun yangi chaqiruv va bundan bag‘oyat mamnunman.

- Umuman, «Everton»ning o‘tgan mavsumdagi omadsizligini qanday izohlash mumkin?

- To‘g‘risi, mavsum juda tarang kechdi. Jarohatlar ko‘p bo‘ldi, jamoa zaxirasida esa bu holatdan chiqib ketish uchun yetarli kuch yo‘q edi. Shaxsan o‘zim ham yetarlicha muammolarga yo‘liqdim. APLning avvalgi mavsum tugashi bilan Amerika kubogi va Olimpiadada qatnashdim, klubga kelganim hamono chempionat qayta boshlanib ketdi. Tanaffusga vaqt qolmadi, boz ustiga, mavsum davomida bir necha marta jarohatlandim. Xullas, charchoq o‘z so‘zini aytdi, baribir.

- Vaziyat guvohi sifatida ayting, Konte va Tuxel o‘rtasidagi mojaro aslida nimadan kelib chiqdi?

— Qiziq, shunday emasmi? O‘shanda barcha futbolchilarning fikru-xayoli o‘yinda edi, shuning uchun murabbiylar o‘rtasida nimalar bo‘lganini faqat kiyinish xonasida, videolavha orqali ko‘rdik. Umuman, bunday tortishuvlar futbol uchun normal holat. Axir maydonda futbolchilar o‘rtasida har doim nimalardir bo‘ladi, shunday ekan, murabbiylar ham ba’zan ehtirosga berilishlari mumkin. Muhimi, hamma tinchlanadi va futbol o‘z yo‘lida davom etadi. To‘g‘ri, ikki ustoz nizosini kuzatish qiziq bo‘ldi. Biznikilar qarama-qarshiliklardan cho‘chimaydilar, shunday...

- Keyinchalik jamoada kimdir bu mavzuda Konte bilan hazillashishga botindimi?

- Jinnimisiz? Balki o‘zingiz hazillashishga harakat qilib ko‘rarsiz... Har holda, men bu haqda o‘ylab ham ko‘rmadim. Ammo bunday vaziyatlar futbol uchun yaxshi, muxlislarga yoqadi. «Tottenxem» - «Chelsi», Braziliya - Argentina va «Everton» - «Liverpul» kabi katta o‘yinlar bosh­qacha, baribir.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 27.09.2022.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.