Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Superliga. “Qizilqum” – “Metallurg”: prevyu

Superliga. “Qizilqum” – “Metallurg”: prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turini Bekobodning “Metallurg” jamoasi safarda – Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazadi.

Raqib ancha jiddiy va so‘nggi yillarda “Metallurg” uchun noqulay jamoa bo‘lib qolmoqda.
Xususan, oxirgi ikki mavsumda “Qizilqum” Bekoboddan bir xil – 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan.

Toshkent viloyati jamoasi uchun Bekoboddagi bu yilgi to‘qnashuv kuchlilar safidagi yubiley – 700 o‘yin bo‘ldi. Bahs boshidanoq hududiy tashabbusni o‘z qo‘liga olib, 26-daqiqada hisobni ochib olgan bekobodliklar nihoyat ko‘ngilsiz an’anaga barham beradigandek, g‘alabaga juda yaqin kelishgandi. Biroq hakam tomonidan ikkinchi taymga kompensasiya vaqti qo‘shib berilgan lahzalarda tezkor qarshi hujumni o‘tkazib yuborgan “Metallurg” yana ochko yo‘qotdi va durang bilan kifoyalandi – 1:1.

Umuman esa “Metallurg” va “Qizilqum” shu kungacha O‘zbekiston chempionatlarida 45 marta kuch sinashgan. Mazkur o‘yinlarning 15 tasi “Metallurg” g‘alaba qozongan. 12 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 18 ta o‘yinda esa “Qizilqum” jamoasining qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 61:58, vohaliklar foydasiga.

“Metallurg” bu raqibini ikki marta 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan (2006, 2019). “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) yo‘llagan.

Ushbu jamoalarning Navoiyda o‘tkazilgan uchrashuvlarida mezbonlar katta ustunlikka ega: 11 ta g‘alaba, 6 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 31:15.

Quyida mazkur jamoalarning Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi oltita uchrashuvida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

27.11.2021 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:3
24.11.2020 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:0
29.10.2019 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:1
05.05.2018 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:2
19.11.2017 “Qizilqum” – “Metallurg” – 2:1
28.05.2016 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:1

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 06:29, 28.09.2022.
O'qildi: 1644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик