"PSV" hujumchisi qishda APLga o‘tish ehtimoli mavjud. Xabarlarga ko‘ra, "MYU" hamda "Lids" Kodi Gakpoga da’vogarlik qiladi. Jamoalar niderlandiyalik futbolchini yanvar oyida sotib olishga harakat qilib ko‘radi.
Bu haqida Fabrisio Romano ma’lum qildi. Xususan, "MYU" Gakpoga yozda ham qiziqish bildirgan edi. Ammo ular "Ayaks"dan Antonini sotib oldi.