Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi: "Men Neymar bilan "Barselona"da birga o‘ynashni istardim, ammo..."

Messi: "Men Neymar bilan "Barselona"da birga o‘ynashni istardim, ammo..."

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Neymar bilan doim bir jamoada o‘ynashni xohlaganini tan oldi. Ilgari ular "Barselona"da birga o‘ynashgan.

"Men Neymar bilan "Barselona"da birga o‘ynashni istardim, ammo hayot bizni Parijda birlashtirdi. Biz birga o‘ynashdan xursandmiz. Men u bilan o‘ynashni va uni har kuni ko‘rishni yaxshi ko‘raman", - deya Messining so‘zlarini keltiradi TUDN TV.

Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etgandi. Kataloniyaliklarning bir qismi sifatida argentinalik futbolchi 520 ta o‘yin o‘tkazib, 474 ta gol va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Barsa" bilan birgalikda u 35 ta chempionlikni qo‘lga kiritdi, shuningdek, "Oltin to‘p"ning yetti karra sohibiga aylandi.

Erkin agent sifatida argentinalik futbolchi "PSJ"ga o‘tdi. 2022/23 yilgi mavsumda u 11 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:54, 28.09.2022.
O'qildi: 5810 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.