Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

O‘zbekiston milliy terma jamoalari tayyorgarlik markazidagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

O‘zbekiston milliy terma jamoalari tayyorgarlik markazidagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA ishchi guruhi Toshkent viloyatida qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoalari tayyorgarlik markazining qurilish jarayonlarini o‘rgandi.

Markazdan o‘rin olgan ob’ektlar, jumladan, mashg‘ulot maydonchasi va stadion loyihasining texnik-tashkiliy jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Ob’ektdan o‘rin oladigan 2 ta gibrid va 2 ta sun’iy qoplamali futbol maydonlarini xalqaro standartlar asosida sifatli bunyod etish, qo‘shimcha drinaj tizimlarini to‘g‘ri sozlash, kelgusida chimlarni saqlash va parvarishlar uchun kerakli qurilmalarni tashkil etish yuzasidan topshiriq berildi.

Shuningdek, terma jamoalar futbol markazida joylashadigan tibbiy-tiklanish, yotoqxona va oshxonani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash yuzasidan fikr almashildi. Shaharchada kutubxona, restoran hamda yashil hudud tashkil etish loyihasi hamda infratuzilmadan o‘rin oladigan keyingi rejalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, quruvchi kompaniya vakillariga barcha jarayonlarni jadallashtirish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish bilan bir qatorda loyihalarning xavfsizlik jihatlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi aytildi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 16:21, 28.09.2022.
O'qildi: 1472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.