Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush hujumchi Krishtianu Ronalduning kecha bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi guruh bosqichining Ispaniyaga qarshi uchrashuvdagi (0:1) o‘yini haqida fikr bildirdi.
“Portugaliya terma jamoasi, birinchi navbatda, jamoa. Ronalduga ishonchimiz cheksiz. Oxirgi jangda Krishtianu bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi, u odatda ularni golga aylantiradi, ammo bu safar nimadir noto‘g‘ri ketdi. Bu futbol", - dedi mutaxassis Mundo Deportivo bilan suhbatda.