Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata maxsus taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
29 yoshli forvard 2021/22 yilgi mavsumda Ispaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Morataga bronza butsa ko‘rinishidagi maxsus mukofot topshirildi.
O‘tgan mavsumda Morata Ispaniya terma jamoasi safida 10 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.