Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

"Paxtakor" futbolchisi: "Nasaf"ga qarshi "oltin" uchrashuv kutib turibdi"

"Paxtakor" futbolchisi: "Nasaf"ga qarshi "oltin" uchrashuv kutib turibdi"

Baho:
+ | -

FIFA kunlarida "Paxtakor"ning aksariyat futbolchilari MTJ va OTJ safida Janubiy Koreya davlatida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib kelishdi.

"Metallurg" bilan Qibraydagi bazada nazorat o‘yini tashkil qilindi. 3:1 hisobida "Paxtakor"ning g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng, toshkentliklar futbolchisi Muhammadali O‘rinboyevga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu o‘yin men uchun boshlang‘ich tarkibda tushganim bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ko‘plab akalarim terma jamoalarga ketganligi uchun nazorat uchrashuvidagi imkoniyat meni xursand qildi. Qancha ko‘p o‘yinlarda maydonga tushsam, tabiiyki, shuncha ko‘p tajribam oshib boraveradi. Quvonarlisi shundaki, bu yerda katta futbolchilar menga raqobatchi sifatida emas, ukaga qaragandek munosabatdalar. Shuning uchun ham bugungi o‘yinda qiynalmadim", - deydi 17 yoshli futbolchi.

- FIFA kunlari ham o‘z yakuniga yetdi, oldinda Sizlarni muhim bahslar kutib turibdi...

- To‘g‘ri aytasiz, chempionatda "Nasaf"ga qarshi "oltin" o‘yinlardan biri bizni kutib turibdi. "Metallurg" bilan ham aynan shuning uchun bahs o‘tkazdik. Chempionlikni maqsad qilgan jamoa faqat g‘alaba haqida o‘ylashi kerak. Bu yilgi chempionatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, hali qiziqarli va kuchli o‘yinlar oldinda deb aytishim mumkin.

- Avvalgi mavsumlarga qaraganda bu yil ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapsiz?

- Superligada debyut golimni shu mavsumda urishni istayman. Menga ishonch bildirayotgan Maksim Aleksandrovichga katta rahmat aytaman. Umuman olganda, "Paxtakor"ga kelib yomon murabbiylarga duch kelmaganman. Har bir qadamimda ularning mehnati yotibdi. Oldimizda 7ta o‘yin qoldi, mana shu o‘yinlarda ham maydonga tushib jamoamizga foyda keltirish haqida o‘ylayaman.

Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:00, 29.09.2022.
O'qildi: 2019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.