Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Futzal-2022. O‘zbekiston muddatidan oldin guruh g‘olibiga aylandi

Futzal-2022. O‘zbekiston muddatidan oldin guruh g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Kuvaytda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun 2-tur bahslariga start berildi. "B" guruhida o‘tkazilgan o‘yinlardan so‘ng guruh g‘olibi nomi aniq bo‘ldi. Bu — O‘zbekiston.

Bahodir Ahmedov jamoasi Tojikistonga qarshi o‘yinda juda qiyin g‘alabaga erishdi — 3:2. Natijada ochkolarimiz 6 taga yetdi. Tojikistonliklar hisobida esa 3 ochko mavjud.

Bugun bo‘lib o‘tgan Turkmaniston va Bahrayn jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda jangovar durang qayd etildi — 4:4. Natijada bu jamoalari musobaqadagi dastlabki 1 ochkoga ega bo‘lishdi.

Reglament haqida
Demak, O‘zbekiston so‘nggi turda Bahraynga yutqazsa ham guruh g‘olibi sifatida qoladi. Boisi, turnir reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng kelib qolganida o‘zaro o‘yindagi natijalar inobatga olinadi. Tojikiston 3-turda Turkmanistonni mag‘lub etib, 6 ochkoga ega bo‘lsa ham, O‘zbekistonda o‘tib keta olmaydi.

Bahrayn va Tukrmaniston esa ochkolar bo‘yicha ham bizga yeta olmaydi. Guruhda 2-yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Tojikistonga imkoniyat yuqori. Bu jamoa turkmanlar bilan durang o‘ynasa ham chorak finalga chiqadi. Turkmaniston va Bahraynga esa faqat g‘alaba kerak.

Chorak finalda kim bilan o‘ynaymiz?
O‘zbekiston "B" guruhi g‘olibi sifatida pley-offda "A" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga chiqadi. Bu guruhda hozircha Kuvayt va Tailand 3 ochkoga ega bo‘lib turishibdi (bugun bu jamoalar o‘zaro to‘qnash kelishadi va g‘olib chiqqan jamoa katta ehtimol bilan guruh g‘olibiga aylanadi). Iroq va Ummon hisobida esa ochko majud emas.

O‘zbekiston chorak final bahsini 4 oktyabr kuni o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi. Ungacha esa bizni 1 oktyabr kuni (16:00) Bahraynga qarshi guruhning so‘nggi o‘yini kutib turibdi.

Manba: "Futbol qoidalari" telegram-kanali

Kiritildi: 18:06, 29.09.2022.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.