Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Uzatmalarsiz gol bo‘lmaydi: bugungi kundagi jahonning eng yaxshi 5 ta assistenti bilan tanishamiz

Uzatmalarsiz gol bo‘lmaydi: bugungi kundagi jahonning eng yaxshi 5 ta assistenti bilan tanishamiz

Baho:
+ | -

Bir futbolchi o‘z mahoratiga tayanib gol urishi juda qiyin, shuning uchun ular jamoadoshlaridan yordam izlaydilar. To‘pni raqib kerakli nuqtaga yetkazish uchun jamoaga aniq uzatmalarning ustasi bo‘lgan futbolchilar kerak. Zamonaviy futbolda texnik o‘yinchilar ko‘p, lekin ba’zilari alohida ajralib turadi.

Keling, bugungi kunda dunyoning eng yaxshi beshta assistentini ko‘rib chiqamiz:

Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”)

Trent mavsumni yaxshi boshlagani yo‘q, himoyadagi o‘yini uchun ko‘p tanqidga uchradi.

Shunga qaramay, Trent Yurgen Klopp jamoasida asosiy ijodkor bo‘lib qolmoqda. Futbolchi uzoq masofalarga to‘p uzatishlar bo‘yicha mutaxassis, biz buni faqat eng elita yarim himoyachilarda ko‘rishga odatlanganmiz. Shuningdek, u o‘yinni o‘qish uchun ajoyib qobiliyatga ega va dunyodagi eng yaxshi hujumkor himoyachilardan biridir.

Toni Kroos ("Real Madrid")

Toni Kroos - "Real Madrid" yarim himoyasidagi "nemis mashinasi". Kroos - zamonamizning eng texnikali futbolchilaridan biri. U to‘pni uzoq masofaga ham yaqin masofaga has juda aniq va yengil uzatib berishi bilan nom qodongan. U har doim to‘p uzatishga harakat qilganda maydondagi bo‘sh jamoadoshini topa oladi.

32 yoshli Kroos "Madrid"ning mavsum boshidan beri o‘tkazgan 7 o‘yinida 94,8% to‘p uzatish aniqligiga erishdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Lionel Messi ("PSJ")

Leo yoshligidan Xavi va Inyesta kabi uzatmalar ustalari yonida o‘sdi. U hozirgi kunda bu ko‘nikmalardan juda mohirona tarzda foydalayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Argentinalik futbolchi La Masianing eng mashhur tarbiyalanuvchilaridan bo‘lib, so‘nggi yillarda biroz tezlikni yo‘qotgan, ammo aniqlikni emas.

Leo pleymeyker roliga moslashdi, uning o‘yinni ko‘rishi va aniq pas bera olishi "PSJ" muvaffaqiyatining asosiy siri.

Joriy mavsumda u "PSJ" safida Liga 1 va Chempionlar ligasining 10 ta uchrashuvida 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Luka Modrich ("Real Madrid")

Luka Modrich so‘nggi 14 yil ichida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan boshqa "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan yagona futbolchidir. Xorvatiya terma jamoasi sardori dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri, shuningdek, eng yaxshi pas uzatuvchilardan biri.

Luka pas qanchalik imkonsiz bo‘lib tuyulmasin, buni amalga oshiradi. Mayestro chiziq oralarida o‘ynash san’atini ham biladi va ko‘plab assistlar muallifi hisoblanadi. Joriy mavsumda uning La Liga va Chempionlar ligasida to‘p uzatish aniqligi 90,8 foizni tashkil etadi.

Kevin De Bryuyne (“Man Siti”)

Kevin yarim himoyaning istalgan joyida o‘ynay oladi va hujumchi yoki vinger kabi samarali. U bitta kutilmagan uzatma bilan birdaniga bir nechta himoyachilarni o‘yindan chiqarib yuborishga qodir.

De Bryuyne hozirgacha eng yaxshi hujumkor yarim himoyachi. U o‘z davrining eng ilg‘or futbolchilaridan biri, uning yonida har bir hujumchi o‘zini erkin his qilishi mumkin, Xoland bunga yorqin misol.

31 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsumda 9 o‘yinda 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 21:13, 29.09.2022.
O'qildi: 4988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.