Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

"Barselona" Pike va Alba bilan xayrlashishga qaror qilgan

"Barselona" Pike va Alba bilan xayrlashishga qaror qilgan

Baho:
+ | -

"Barselona" qishda Jerar Pike va Xordi Albaning jamoani tark etishini istamoqda.

Avgust oyida “Barselona” prezidenti Joan Laporta Pike va Buskets bilan uchrashib, yordam so‘ragan edi. Iqtisodiy dastaklar faollashganiga qaramay, Kataloniya klubi moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilishda muammolarga duch keldi.

Shu munosabat bilan Laporta jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari Pike va Busketsdan maoshlarni klubning hozirgi voqeligiga moslashtirishni so‘radi. Futbolchilar "Barsa"ga yordam berishga tayyor edi. Ular hatto yangi shartnomalar imzolashga ham kelishgan. Laporta muzokaralar natijalaridan juda mamnun edi.

Biroq oradan bir necha kun o‘tib, "Barsa" Pike va Buskets bilan kelishilgan shartlar asosida yangi shartnomalar tuzishi kerak bo‘lganida, futbolchilar vakillari buni rad etishdi. Natijada "Barselona" Pyer-Emerik Obameyangni sotishga majbur bo‘ldi.

Laporta juda g‘azablandi va hafsalasi pir bo‘ldi, chunki keyingi bir yarim yil ichida "Barsa" Pike, Buskets va Xordi Albaga jami taxminan 200 million yevro to‘lashi kerak. Shu munosabat bilan "Barsa" prezidenti yaqin oylarda bu futbolchilardan qutulishni maqsad qilgan, deb yozadi Diario Sport.

Buskets masalasida buning iloji bo‘lmaydi, chunki uning shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida tugaydi. Yarim himoyachi "Barselona"ni tekinga tark etish niyatida.

Shartnomalari 2024 yilning yoziga qadar davom etadigan Pike va Albadan klub qishda qutulish uchun bor kuchini sarflaydi, ammo "Barsa" prezidenti va boshqa klub rahbarlari bu juda qiyin vazifa ekanini tushunishadi.

Kiritildi: 17:25, 30.09.2022.
O'qildi: 2429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.