Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“YUventus” har jabhada inqirozga yuz tutmoqda

“YUventus” har jabhada inqirozga yuz tutmoqda

Baho:
+ | -1

Yozda "Yuventus" tarkibni kuchaytirish uchun kuchli transfer kampaniyasini amalga oshirdi. Turin klubiga yarim himoyachilar Filip Kostich, Pol Pogba va Leandro Paredes, himoyachilar Bremer va Andrea Kambyaso, vinger Anxel Di Mariya va hujumchi Arkadish Milik kelib qo‘shildi.

“Byankonerilar” jamoani Italiya futboli cho‘qqisiga qaytarish uchun uni jiddiy ravishda kuchaytirdilar. 2022/23 yilgi mavsumning birinchi o‘yini muxlislar uchun yorqin istiqbollarni taqdim etdi. "Yuventus" "Sassuolo"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ammo shundan so‘ng turinliklar avvaliga "Sampdoriya" bilan golsiz durang o‘ynadi, keyin esa "Roma" bilan 1:1 natijasini qayd etdi.

"Byankonerilar" "Spesiya"ni mag‘lub etdi (2:0), shundan so‘ng ular doimiy ravishda ochko yo‘qotdilar. Italiya chempionatining so‘nggi o‘yinlarida Massimiliano Allegri shogirdlari “Fiorentina” (1:1) va “Salernitana” (2:2) bilan durang o‘ynadi. Xalqaro o‘yinlar uchun tanaffus oldidan “Yuventus” “Monsa”ga (0:1) mag‘lub bo‘ldi.

“Yuventus” hozirda A Seriya turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.Ular peshqadam “Atalanta” va “Napoli”dan 7 ochkoga ortda qolib ketishdi. Hozircha Skudetto haqida gap so‘z bo‘lishi mumkin emas. Bunday natijalar bilan turinliklar hech bo‘lmaganda keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘l olishga urinadi.

Darvoqe, Allegrining shogirdlari Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ikki turdan keyin “Yuventus” birorta ham ochko ololmadi. Dastlab “PSJ”ga, keyin esa “Benfika”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Allegrining aytishicha, jamoaning yomon natijalarning asosiy sabablaridan biri kadrlar muammosi. Jamoada juda ko‘p jarohatlangan futbolchilar bor, ammo ularning deyarli barchasini almashtirish mumkin.

Chempionlar ligasi finalchisi, Yevropa ligasi g‘olibi va A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi jamoaga qo‘shildi, ammo bundan hozircha natija yo‘q. "Yuventus" deyarli har bir o‘yinda gol o‘tkazib yubora boshladi.

Turinliklar xavfli vaziyatlarni yaratishda ham, hujumlarni yakunlashda ham muammolarga duch kelmoqda. Hozirda jamoa 9 ta gol urdi. (har bir o‘yinda 1,29 ta gol), bu A Seriyadagi 8-natijadir.

Darvozaga zarba berish bo‘yicha "Yuventus" chempionatda atigi 10-o‘rinda (25ta zarba). To‘pga egalik qilish bo‘yicha har bir uchrashuvda o‘rtacha hisobda turinliklar A seriyada 10-o‘rinni egallab turibdi. "Yuventus"da chindan ham kadrlar bilan muammoli holat bor, lekin bunday klubda har mavsumda 2 tadan tarkib bo‘lishi kerak.

Yana bir narsa, Allegri ijrochilarga juda ko‘p ishonadi. Mutaxassis har doim ham B rejasiga ega emas va bu hozirgi sharoitda juda zarur bo‘lib turibdi. Italiyalik murabbiyning ta’kidlashicha, u uchun maydondagi go‘zallik alohida rol o‘ynamaydi, asosiysi natija. Ammo uning jamoasida ikkisini ham topib bo‘lmayapti.

Albatta, Allegri “Yuventus”dagi natija uchun javobgar. Lekin hamma narsani murabbiyning bo‘yniga qo‘yish adolatsizlikdir. Klubda hech bo‘lmaganda yana bitta odam bor, unga ko‘p narsa bog‘liq. Bu prezident. So‘nggi paytlarda Andrea Anyelli juda ko‘p noto‘g‘ri qarorlar qabul qilmoqda, shuning uchun u vaqti-vaqti bilan tanqidlarning bir qismini o‘ziga olishi kerak.

Jamoada har yili murabbiy almashsa, qanday barqarorlik haqida gapirish mumkin. Anyelli buni tushundi va eski kunlarni qaytarish umidida yana Allegrini tayinladi. Allegrining muddatidan oldin iste’foga chiqishi Turin klubiga ular ko‘tara olmaydigan darajada qimmatga tushadi. Hech bo‘lmaganda nimanidir o‘zgartirishga umid qilgan "byankoneri" murabbiylar shtabi a’zolarini almashtirishi mumkin.

Kadrlarni tayinlash Anellining kuchli tomoni emas. 2018 yilda u Italiya futbolidagi eng yaxshi funksionerlardan biri Juzeppe Marotta bilan ajrashdi. "Yuventus"da u bosh direktor lavozimida ishlagan. 3 yildan so‘ng sport direktori Fabio Paratichi Turinni tark etdi. Marotta "byankoneri" bilan 8 yil, Paratichi 11 yil ishladi. Ular birgalikda uzoq vaqt ishladilar, shunda "Yuventus" chempion jamoaga ega bo‘ldi. Endi ular jamoada yo‘q.

Buning ustiga klub katta moliyaviy yo‘qotishlarga uchradi. “Byankoneri”ning o‘tgan yilgi yo‘qotishi 254,3 million yevroni tashkil qilgan. Bu Italiya futboli tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir. Ketma-ket 5 yil davomida "Yuventus"ning moliyaviy ahvoli yomonlashmoqda. Turinliklar 2017/18 yilgi mavsumda 19 million yevro, 2018/19 yilgi mavsumda 40 million, 2019/20 mavsumda 90 million, 2020/21 yilgi mavsumda 210 million yevro yo‘qotgan. “Byankonerilar” hali ham koronavirus pandemiyasining ta’siridan aziyat chekmoqda. Biroq, boshqa klublar inqirozdan chiqish yo‘llarini qidirmoqda, ammo "Yuventus" emas.

Klubning moliyaviy ahvolini yaxshilashga umid qilgan Anyelli Yevropa Superligasini yaratish g‘oyasini davom ettirmoqda. Nazariy jihatdan, bu loyiha o‘z ishtirokchilariga juda ko‘p pul olib keladi, ammo uning qachon amalga oshishini hech kim bilmaydi. Hozircha funksionerning UEFA prezidenti bilan faqat mojarosi bor.

Anelli o‘z qarorlarining qurboniga aylandi, endi vaziyatni o‘zgartirish oson emas. Turinliklar barcha jabhalarda inqirozga uchradi: o‘yinda, boshqaruvda va iqtisodiyotda. “Byankonerilar” esa bu davrdan qanday yo‘llar bilan chiqib ketishlari hozircha aniq emas.

Kiritildi: 18:13, 30.09.2022.
O'qildi: 3579 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.