Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Eron ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot FIFAga mamlakatini JCH-2022dan chetlatishi so‘rab, murojaat yo‘lladi

Eron ayollar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot FIFAga mamlakatini JCH-2022dan chetlatishi so‘rab, murojaat yo‘lladi

Baho:
+ | -

Eron ayollar huquqlarini himoya qiluvchi Open Stadiums tashkiloti FIFAga murojaat bilan chiqdi. Tashkilot mamlakatda ayollarga bo‘lgan munosabat tufayli Eron terma jamoasini JCH—2022 dan chetlatilishini so‘rab FIFAga murojaat yo‘llagan.

Eronda 16 sentyabrdan buyon tartibsizlik va noroziliklar davom etmoqda. Bunga sabab 22 yoshli Mahsa Aminining «hijobni noto‘g‘ri o‘ragani» uchun hibsga olingan va bir muddat polisiya bo‘limida bo‘lganidan so‘ng komaga tushib, uch kundan so‘ng shifoxonada vafot etgani bo‘lmoqda.

FIFA prezidenti Janni Infantinoga yo‘llangan xatda tashkilot, shuningdek, Eron hukumati hamon ayollarga futbol o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqlayotganini ham qayd etib o‘tgan.

"Eron futbol federasiyasi nafaqat rejim jinoyatlariga sherik. Bu Erondagi va terma jamoa ishtirok etadigan dunyoning istalgan joyidagi ayol muxlislar xavfsizligiga tahdiddir. Futbol barcha uchun xavfsiz maydon bo‘lishi lozim.

Shu bois, eronlik futbol ishqibozlari sifatida biz Eronning bo‘lajak Jahon Chempionatidagi ishtirokidan chuqur xavotirimizni bildirishimiz kerak.

Nima uchun FIFA nafaqat asosiy inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishdan bosh tortayotgan, balki ayni damda o‘z xalqini qiynoqqa solib, o‘ldirayotgan Eron hukumatiga jahon sahnasini bermoqda? FIFA prinsiplari qayerda qoldi?

Shuning uchun biz FIFAdan o‘z nizomining 3 va 4-moddalariga muvofiq Eronni zudlik bilan Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatidan chetlatishini so‘raymiz", — deyiladi "Open Stadiums" tarqatgan bayonotda.

Avvalroq «Portu» klubi va Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi 22 yoshli qiz Mahsa Aminiyning o‘limi va uning ortidan mamlakatda yuz berayotgan voqealar haqida fikr bildirgandi.

Mamlakatda 2009 yildan beri hukumatga qarshi eng yirik namoyishlar 16 sentyabr kuni boshlangan edi. 24 sentyabr kuni namoyishlar Eronning 80 ta shahriga tarqaldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:54, 01.10.2022.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.