Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Nega ispan klublari futbolchilar uchun “otni kallasidek” narx belgilashadi?

Nega ispan klublari futbolchilar uchun “otni kallasidek” narx belgilashadi?

Baho:
+ | -

Yaqinda "Barselona" Gavi bilan shartnomani uzaytirdi, tovon pulini esa bir milliard yevro qilib belgilab qo‘ydi. Karim Benzemaning shartnomasidagi tovon puli ham xuddi shundek. Robert Levandovskining "Barsa" bilan shartnomasidagi tovon puli 500 million yevro. Bu esa barcha ispan klublariga xos xususiyat.

Yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashda yoki eskilari bilan shartnomalarni uzaytirishda ular ko‘pincha dunyoning hech bir klubi moliyaviy tomondan ko‘tara olmaydigan narxlarni belgilaydi. Endi biz sizga nima uchun bu kerakligini aytamiz.

Ispaniyada shartnomaga imzolangandan so‘ng tovon pulini belgilash haqida majburiy band majburiydir.

Tovon pullari birinchi marta 1985 yilda shartnomalarda paydo bo‘lgan. Bu narsa Ispaniya futbol federasiyasi Qirollik kodeksining 1006-sonli qarorida mustahkamlab qo‘yildi. Unga ko‘ra, har bir klub futbolchi bilan shartnoma tuzayotganda to‘lov miqdorini muhokama qilishga majbur bo‘lgan. Bu ikkala tomonning manfaatlarini ta’minlash uchun zarur:

Klub - agar potensial xaridor kichik taklif bilan kelgan bo‘lsa, u holda sotuvchi rozi bo‘lmaslik va oldindan belgilangan to‘lov miqdorini ko‘rsatish huquqiga ega;

O‘yinchi - agar futbolchi klubni tark etmoqchi bo‘lsa va unga rad javobi berilsa, u mustaqil ravishda shartnomani bekor qilishi va erkin agentga aylanishi mumkin.

Primeraning amaldagi prezidenti Xavyer Tebas ikki yil avval tizimning afzalliklari haqidagi savollarga shunday javob bergandi:

“Biz futbolchilar kasaba uyushmasi va klub rahbarlarini tinglayapmiz. Hozircha ushbu qoidani bekor qilishning hojati yo‘q, chunki bu hamma uchun qonuniy ravishda mustahkamlangan ishonchlilik tizimi. Shunday qilib, shartnomalar tomonlar hamkorlik qiladigan kishilarga hurmat ko‘rsatadi”.

Lekin nima uchun Ispaniyadagi tovon pullari shunchalik katta?

Gavi uchun bir milliard yevro tovon puli "Manchester Siti" ertaga uni sotib oladi va kerakli narxni to‘laydi degani emas. Katta bandlar shu qadar vizual ishoraki, klub ma’lum bir o‘yinchini qadrlaydi va uni raqobatchilarga sotmoqchi emas.

Daily Mail xabariga ko‘ra, Gavining 1 milliard yevro tovon puli "Manchester Yunayted" umumiy bozor qiymatining chorak qismini tashkil etadi.

Ispaniyadagi tovon pullari miqdori har doim ham yuqori bo‘lavermaydi. Tiagoning “Barselona”dan “Bavariya”ga o‘tishi top-futbolchining munosib narxga o‘tishiga yaqqol misoldir. "Bavariya" sotib olish summasi sifatida 22 million yevro to‘lagan va bandni faollashtirgani uchun yana 3 million bergandi.

Boshqa liga klublari ham o‘yinchi shartnomalariga ozod qilish bandlarini o‘z ichiga oladi.

Ha, lekin top-5likdan boshqa ligalarda bu shart emas. Shu sababli, agentlar va klub rahbarlari muzokaralar bosqichida ushbu bandni muhokama qilishmoqda. Mana bir nechta mashhur misollar:

Bu yozning eng mashhur transferlaridan biri bu Erling Xolandning "Man Siti"ga o‘tishi. Klub “Borussiya”ga 60 million yevro to‘lagan - bu to‘lov miqdori shartnomada ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 15:53, 01.10.2022.
O'qildi: 7514 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.