Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" futbolchisi: "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyat biz uchun qattiq zarba emas"

"Tottenxem" futbolchisi: "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyat biz uchun qattiq zarba emas"

Baho:
+ | -

"Tottenxem" futbolchisi Erik Dayer derbida "Arsenal"ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin fikr bildirdi.

"Arsenal" ikkala bo‘limni ham yaxshiroq boshladi. Ular jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli gol urishdi. Keyin yaxshiroq o‘ynay boshladik, hisobni tenglashtira oldik, ammo oxirgi pasda sifat yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shunday bo‘ldi. Biz yomon boshladik, qaytish qiyin bo‘ldi. Ikkinchi goldan so‘ng, biz o‘zimizni topa olmadik va uchinchi golni o‘tkazib yubordik...

Mavsum endi boshlandi, shuning uchun bu biz uchun unchalik katta zarba emas. Albatta, hafsalamiz pir bo‘ldi, lekin o‘tgan yilgi mavsumning boshida ham bu yerda mag‘lub bo‘lgandik va mavsumni yaxshi yakunladik” - dedi Dayer BT Sport bilan suhbatda.

Kiritildi: 19:33, 01.10.2022.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.