Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

«Andijon»ning sentyabr oyidagi statistik raqamlari qanday?

«Andijon»ning sentyabr oyidagi statistik raqamlari qanday?

Baho:
+ | -

“Andijon” uchun sentyabr oyi qanday o‘tdi? Viktor Kumikov jamoasi ortda qolgan oyda 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Mazkur bahslarda jamoa g‘alaba, durang va mag‘lubiyatni boshidan kechirdi.

Yodingizda bo‘lsa, “Burgutlar” sentyabr oyini O‘zbekiston Kubogi chorak finaldagi o‘yin bilan boshlagan bo‘lib, 3-sanada “Bobur Arena”da AGMKni qabul qilgan jamoamiz 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi ikkita o‘yin 7 va 10 sentyabrga to‘g‘ri kelganini yaxshi bilasiz. Safarda “Mash’al” va “Buxoro” maydonida kechgan bahslarda “Andijon” bir xil – 1:2 hisoblaridagi g‘alaba bilan qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, sentyabr oyidagi oxirgi uchrashuv yana “Mash’al”ga qarshi o‘tkazilganidan xabaringiz bor. Pro ligada jamoalar ikkiga ajralganidan keyin tashlangan qur’aga ko‘ra, “Burgutlar” Muborakdagi maydonda to‘p surdi va bu safar 0:0 hisobi qayd etildi.

Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, “Andijon” sentyabrda raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqdi. Aynan jamoamiz o‘sha bir hafta ichida 3 ta muhim o‘yinni o‘tkazgani va ayniqsa pro liga doirasida ketma-ket safardagi ikkita bahsdan 100 foizli natija bilan qaytgani e’tiborga molik.

Ayni chog‘da “Andijon” musobaqa jadvalida 44 ochko bilan yakka peshqadamlikni o‘z qo‘liga olgan. Yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Turon” 2-o‘rinda va ushbu jamoadan 5 ochkoga oldinda, 3-pog‘onadagi “Buxoro”dan esa naqd 10 ochko ilgarilab ketgan.

4 ta o‘yinda jamoa tarkibida kimlar to‘liq o‘yin o‘tkazdi? Bu borada gap ketganda shuni aytish joizki, bir qancha futbolchilar sentyabr oyida “Andijon” safidagi bahslarni boshidan oxirigacha o‘tkazishdi. Bular – Abduvohid G‘ulomov, Muhammadkarim Toirov, Vladimir Bubanya, Goron Miloyko va Ildar Mamatkazin.

Yuqorida aytganimizdek, “Andijon” o‘tgan oyda 4 ta gol urdi. Shulardan ikkitasi Suhrob Berdiyevning hisobiga yozildi. U “Mash’al” va “Buxoro”ga qarshi safar uchrashuvlarida muhim gollarni urib jamoamizning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

Bundan tashqari, Ildar Mamatkazin va Shahboz Erkinov ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi.

Yana bir gap: kiritilgan 4 ta golning ikkitasi birinchi bo‘limda, yana ikkitasi ikkinchi bo‘limda urilgani e’tiborga molik.  

Yana bir fakt: sentyabrdagi uchrashuvlarda jamoa darvozasiga 3 ta penalti belgilandi. “Mash’al” – “Andijon” qarama-qarshiligida muborakliklar a’zosi Nikita Pavlenko ikkinchi bo‘lim boshida hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantirgandi. “Buxoro” maydonidagi uchrashuvda esa hakam birdaniga ikki marta darvozamiz tomon 11 metrli jarima nuqtasini ko‘rsatdi. Biroq “Buxoro” futbolchilari – Obid Jo‘raboyev bilan Humoyunmirzo Iminov penaltilardan foydalana olishmagan. Jo‘raboyevning zarbasi to‘singa tegib qaytgan bo‘lsa, Iminovning zarbasini darvozabonimiz Eldor Adhamov qaytarib qolgan. “Andijon” foydasiga esa faqat bir bor penalti belgilangan. Yana o‘sha “Mash’al”ga qarshi uchrashuvdagi penaltini Shahboz Erkinov bexato amalga oshirdi.  

O‘tgan oy mobaynida futbolchilarimizga 10 marta sariq kartochka ko‘rsatildi. Ildar Mamatkazin, Muhammadkarim Toirov, Shahboz Erkinov, Xurshid Xodjayev, Ahmadjon Anvarov, Suhrob Berdiyev, Vladimir Bubanya, Abduvohid G‘ulomov, Farhod Sohibjonov va Abdurahmon Komilov bir martadan hakam tomonidan rasman ogohlantirilgan.

Sentyabrda jamoamiz o‘z maydonida bitta va safarda uch marta o‘ynadi. O‘sha Kubok doirasida AGMKga qarshi uchrashuvni stadionga 6821 nafar muxlis kuzatgan.

Yana bir fakt shundan iboratki, “Andijon” pro ligada hozircha eng kam mag‘lubiyatga uchragan jamoa bo‘lib turibdi – 1 ta. Ya’ni, 6 oydan beri mag‘lubiyatsiz seriyasini qayd etib kelmoqda. Bunday natija faqat “Andijon”da bor xolos. Shu bois ham jamoa bugungi kunga kelib haqli ravishda peshqadam.

Oldinda 7 ta tur qoldi
Oktyabr oyida "Andijon"ni qanday o‘yinlar kutmoqda? 10 oktyabr sanasida “Bobur Arena”da “Buxoro” mehmon bo‘ladi. Oradan 6 kun o‘tib, Kumikov jamoasi safarda “Xorazm”ga qarshi maydonga tushadi. Oyning 24-sanasida esa andijonliklar “Turon”ni qabul qiladi va 28 oktyabrda “Mash’al” bilan ham Andijonda qabul qilishadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:20, 01.10.2022.
O'qildi: 1111 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.