"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar ligasining 3-turida "Inter"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin.
Jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi umumiy guruhda shug‘ullanadi va jismoniy holatiga o‘zi baho beradi.
Agar u o‘zini yaxshi his qilsa, "Inter"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritiladi, ammo murabbiylar shtabi yarim himoyachini xavf ostiga qo‘ymaydi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi chap son mushaklaridan jarohat olgan.
"Inter"ga qarshi o‘yin 4 oktyabr seshanba kuni soat 00.00da Italiyada bo‘lib o‘tadi.