Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Real" akademiyasidagi istiqboli porloq 5 futbolchi. Ular orasida Zidanning o‘g‘li bor

"Real" akademiyasidagi istiqboli porloq 5 futbolchi. Ular orasida Zidanning o‘g‘li bor

Baho:
+ | -

 Iqtidorli yosh futbolchilarni tarbiyalashda, "Ayaks", "Benfika" va "Barselona" akademiyalari ajralib turadi. Ammo so‘nggi yillarda "Real" akademiyasi ham ular safiga qo‘shilishi kutilmoqda. "Galaktikos" yoshlari jamoasidagi bir-necha yigitchalar hozirdan ko‘pchilikning e’tiboriga tushib ulgurgan. Keling, hali yoshligi sabab klubning asosiy tarkibiga kirmagan "Real Madrid"ning eng iqtidorli 5 nafar futbolchisiga to‘xtalib o‘tamiz.

5. Xulyen Jon Gerrero

"Real Madrid" asosiy jamoasidagi statistikasi: o‘yinlar o‘tkazmagan

Ispaniyaning Bilbao shahrida tug‘ilgan Gerrero faoliyatini "Malaga"da boshlagan, 2017 yilda "Real" akademiyasiga ko‘chib o‘tgan. 2021 yil oktyabr oyida u The Guardian nashrining 2021 yil uchun dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilarini e’tirof etadigan “Keyingi avlod” ro‘yxatiga kiritildi. Gerrero - sobiq ispaniyalik futbolchi va Bilbaoning "Atletik" klubi afsonasi Xulyen Gerreroning o‘g‘li. U hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynashni yaxshi ko‘radi, u yerda unga butun maydon bo‘ylab harakatlanish uchun joy beriladi, chiziqlar orasidagi bo‘shliqni yaxshi topadigan aqlli futbolchi.

4. Paulo Yago

"Real Madrid" asosiy jamoasidagi statistikasi: o‘yinlar o‘tkazmagan

Paulo Yago mashhur Real Madrid yoshlar akademiyasi "La Fabrika"ning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaladi. U hozirgacha "Los Blankos"ning turli yoshlar jamoalarida 200 dan ortiq gol urgan va hozirda "La Fabrika"da eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U 2007 yilda tug‘ilgan ispaniyalik futbolchilarning nihoyatda kuchli avlodi yetakchilaridan biri. O‘yin uslubi bo‘yicha uni Bernardu Silva bilan solishtirishgan. To‘pni oyog‘ida ushlab turishni yaxshi ko‘radigan va o‘zining dribling mahorati bilan har qanday daqiqada o‘zgarishlar qila oladigan iqtidor egasi.

3. Pipi Nakai

"Real Madrid" asosiy jamoasidagi statistikasi: o‘yinlar o‘tkazmagan

Yaponiyaning Shiga shahrida tug‘ilgan Pipi Yaponiyadagi yig‘inlaridan birida Ispaniya grandi "Real Madrid" e’tiborini tortgan. U Ispaniyadagi "Real" qarorgohiga taklif qilindi va 2014 yilda shartnoma imzolagan. 2020 yil oktyabr oyida Pipi birinchi marta "Real Madrid" katta jamoasi bilan mashg‘ulotlarga chaqirildi. U "Real Madrid"ning eng yaxshi istiqbolli futbolchilaridan biri sifatida qaraladi. 2022 yilning fevralida Pipi «Real» bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi.

Kelajakda jahon yulduziga aylana oladigan dunyoning 100 nafar yosh futbolchisi ro‘yxatida 9-o‘rin

2. Jezus Fortea

"Real Madrid" asosiy jamoasidagi statistikasi: o‘yinlar o‘tkazmagan

Bir oy oldin Jezus «Atletiko» yoshlar akademiyasini tark etib, "Real Madrid" U-18 jamoasiga o‘tdi va shu bilan ikki Madrid klubi o‘rtasidagi yosh futbolchilar o‘rtasida transfer qilmaslik haqidagi kelishuvni buzdi. Uning maydondagi asosiy pozisiyasi o‘ng qanot hujumchisi. U ancha tezkor va yaxshi texnikaga ega. Ispaniya U-16 terma jamoasida 5 ta o‘yin o‘tkazgan.

Hozir atigi 14-15 yoshda bo‘lgan iste’dodli futbolchilar ro‘yxatida 8-o‘rin

1. Elyaz Zidan

"Real Madrid" asosiy jamoasidagi statistikasi: o‘yinlar o‘tkazmagan

Elyaz o‘sha mashxur Zinedin Zidanning o‘g‘li. Elyaz hali "Real Madrid" jamoasi tarkibida o‘ynash uchun juda yosh, ammo vaqt o‘tishi bilan u asosiy jamoaga chaqirilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydi, garchi "Real Madrid" tizimidagi ko‘plab murabbiylar uni butun qanot bo‘ylab o‘ynatsalarda. Elyaz maydonni yaxshi ko‘ra oladigan va tezkor futbolchi, ajoyib chap oyoq zarbasiga ega.

Hozir atigi 14-15 yoshda bo‘lgan iste’dodli futbolchilar ro‘yxatida 3-o‘rin

 Kelajakda jahon yulduziga aylana oladigan dunyoning 100 nafar yosh futbolchisi ro‘yhatida 26-o‘rin.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 16:17, 02.10.2022.
O'qildi: 4738 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.