Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Abramov: "Debyutantlar yomon o‘ynashmadi, yoshlarga imkon berishdan qo‘rqmayman"

Abramov: "Debyutantlar yomon o‘ynashmadi, yoshlarga imkon berishdan qo‘rqmayman"

Baho:
+ | -

Superliga 20-turi doirasidagi «Dinamo» - «Olimpik» (1:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bu raqibga qarshi o‘yinda o‘z rejamiz bor edi va yigitlarga ko‘rsatmalarni bajarishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, raqiblar deyarli har o‘yinda darvozamiz tomon penalti tepishmoqda, bugun ham shunday bo‘ldi va g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Hozirgi vaziyatda nima deyishni ham bilmayman. Yigitlar harakat qilishmoqda, imkon darajamizda o‘yin namoyish etayapmiz.

Birinchi bo‘lib hisobni ochganimizdan keyin natijani saqlab qololmayotganimiz ham tarkibdagi muammolarga taqaladi. Chunki tarkibda yo‘qotishlar haddan ziyod ko‘p. Bu haqda gapirsam, bahonadek ko‘rinishi mumkin. O‘yindan hammasi ko‘rinib turibdi, zaxiramiz ham aytarli katta emas.

Debyutantlar? Ha, bugun jamoamizning o‘rinbosarlar safida bo‘lgan 4 nafar yosh o‘yinchini asosiy tarkibga tushirishga qaror qildim va ular yomon o‘ynashmadi. Ularga imkoniyat berishdan qo‘rqmayman. Bu yosh mahalliy o‘yinchilar - «Dinamo»ning kelajagi. Yoshlar dastlabki o‘yinda tomoshabinlar oldida hayajonlanishgandir, ammo keyingi bahslardan o‘z kuchlariga ko‘proq ishona boshlaydilar. Tarkibimizda hali yana iqtidorli yosh o‘yinchilar bor, bugun ulardan birini maydonga tushirmadim. Ehtimol keyingi o‘yinlarda uni ham asosiy tarkibda ko‘rishingiz mumkin.

Mavsum yakuniga qadar ham tarkibda rotasiya bo‘ladi, chunki jarohat olgan yoki betob o‘yinchilarimiz ko‘pchilikni tashkil qiladi. Faoliyatimda tarkib masalasida hech qachon hozirgidek muammoga duch kelmaganman. Shunga qaramay, vaziyatdan chiqib ketishga urinamiz, - deydi Vadim Karlenovich o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 21:16, 02.10.2022.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик