“Barselona”ning yana bir futbolchisi jarohat oldi.
Klub yarimhimoyachi Frank Kessie o‘ng sonning qo‘shimcha mushaklarini shikastlab olganini e’lon qilindi.
Yarim himoyachi kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi o‘yinda 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Kataloniyaliklar ivuarlikning tiklanish muddati haqida xabar berishmadi. 25 yoshli futbolchi navbatdagi "Selta"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb yozadi Marca