Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

APL. Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purarlari*

APL. Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purarlari*

Baho:
+ | -

10. Alan Shirer – 147 daqiqa/gol

Alan Shirer haqida hamma biladi. U "Nyukasl" tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan biri sanaladi. Shirer Premyer-liga shunday atalganidan buyon gol urish borasida rekord qayd etgan. Uning gollarini hisoblaydigan bo‘lsak, har 147 daqiqada bittadan to‘g‘ri keladi.

9. Diyego Kosta – 146 daqiqa/gol

"Chelsi"dagi fenomenal hujumchilar ichida Kosta alohida ahamiyatga molik figura sanaladi. Ayni damda Diyego Kosta "Vulverxempton" futbolchisiga aylandi. Uning "Chelsi"dagi davrlari muxlislar ongida ispaniyalikning o‘ta sovuqqon ijrolari bilan saqlanib qolgan. Kosta APL bahslarida jami 89 gol urishga erishgan edi. Ammo ko‘p o‘tmay, Antonio Konte undan voz kechgan.

8. Edin Jeko – 142 daqiqa/gol

"Manchester Siti" tarixda ko‘plab muvaffaqiyatli transferlarni amalga oshirgan. Ammo klubning xato qarorlari ham yo‘q emas. Shulardan biri Vilfrid Bonining sotib olinishi va Jekoga ruxsat berilishi edi. Bu voqeadan ko‘p o‘tmay, Jeko Italiya A seriyasida nimalarga qodir ekanini isbotlab qo‘ydi. Edin turnirda to‘purarga aylandi. Bosniyalik hujumchiga imkon berilsa, hammasini uddalay oladi. Buni u APLda isbotlab ketgan.

7. Robin van Persi – 140 daqiqa/gol

Ajoyib to‘purar va ajoyib gollar muallifi bo‘lgan futbolchi, "Arsenal"da o‘z sarguzashtlarini boshlaydi. London klubi safida ketma-ket mavsumning eng yaxshi hujumchisiga aylangach, van Persi "MYU"ga yo‘l oladi. U "qizil iblislar" bilan APLda g‘alaba qozonadi.

6. Luis Suares – 139 daqiqa/gol

Fantastik hujumchi bo‘lgan Suares, Angliyada 3 yil davomida harakat qilgan. Bu vaqt davomida urugvaylik futbolchi 110 ta bahsda qatnashib, 69 ta golga mualliflik qilgan edi. Bu esa uning har 139 daqiqada bitta gol urganini anglatadi. Shunga qaramay, Suares "Liverpul" safida Liga kubogidan ortiq sovrin yuta olmagan.

5. Muhammad Saloh – 132 daqiqa/gol

Ushbu ro‘yxatda markaziy hujumchi bo‘lmagan yagona vakil Salohdir. U o‘ng qanotda uzoq vaqtdan beri barqaror harakat qilib kelmoqda. Saloh 5 ta mavsum davomida 3 marta APLning "Oltin butsa"sini qo‘lga kiritgan. Bu esa misrlikning darajasidan darak beradi.

4. Rud van Nistelroy – 128 daqiqa/gol

Ro‘yxatdagi o‘ziga xos hujumchilardan yana biri van Nistelroydir. U 150 ta o‘yin davomida "MYU" uchun 95 ta gol urishga erishgan. Ammo Fergyuson keyinchalik uni Ronalduga almashtiradi. Niderlandiyalik hujumchi mankunianliklar bilan 5 ta mavsumda 1 marta Angliya chempioni bo‘lgan.

3. Xarri Keyn – 128 daqiqa/gol

287 ta bahsda urilgan 190 ta APL goli va uchta "Oltin butsa", ko‘p narsadan darak beradi. Afsuski, Keyn "Tottenxem"da birorta sovrin yuta olgan emas. Ha, u bir mavsumda 35 ta gol urishga ham qodir. Ammo shu turishida ham sovrinlardan quruq qolaveradi. Naqadar achinarli...

2. Tyerri Anri – 122 daqiqa/gol

Oddiy, ammo o‘ta foydali futbolchi. Anri o‘z harakatlari bilan san’at yarata olgan hujumchi edi. U 8 mavsum davomida APLda harakat qilib, shuning 5 tasida 20 tadan ortiq gol bilan tugatgan. 4 tasida esa "Oltin butsa" bilan mukofotlangan. Anri, shuningdek, ushbu ro‘yxatdagi eng yaxshi assistent ham sanaladi.

1. Serxio Aguero – 108 daqiqa/gol

O‘nta mavsumning oltitasini Aguero 20 ta gol bilan yakunlagan. Bu esa uning har qanday uslubda gollar urganini anglatadi. Argentinalik 5 marta APL chempionligiga erishdi. U haqiqiy yirtqich edi. Bugun "Manchester Siti" Agueroning o‘rnini bosa oladigan yana bir "mahluq" topgan.

 

 

 

Ismatov J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:28, 05.10.2022.
O'qildi: 2271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.