Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Myunxenda yana muammo... «Bavariya» - Nagelsmann hamkorligiga darz ketdi

Myunxenda yana muammo... «Bavariya» - Nagelsmann hamkorligiga darz ketdi

Baho:
+ | -

Abadiy chempion navbatdagi xalqaro tanaffusga peshqadam «Union»dan 5 ochkoga ortda qolgan va Bundesligada 5-o‘rin bilan kifoyalangan holda yo‘l oldi

 O‘yin borasidagi muammolar xususida to‘xtalib o‘tgandik. Endi anchayin g‘ayri-tabiiylari bilan tanishamiz.

Matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, «Bavariya» rahbariyati Nagelsmanni uchrashuvlar uchun tanlagan ... liboslari tufayli tanqid qilmoqda. Klubdagilar Yulian futbol shou-biznes emasligini tushunib olishi kerak, deb hisoblaydilar. Vaholanki, murabbiy o‘z kiyimlarini myunxenliklar hamkorlari - Adidas va Hugo Boss mahsulotlari orasidan tanlaydi.

Klub mutasaddilari Nagelsmanni «murabbiy o‘rindig‘ini olifta liboslar sahnasi»ga aylantirib olganlikda ayblamoqdalar - go‘yoki, bashang kiyimlar jamoa o‘rtasida bahs-munozara, janjalga sabab bo‘lishi mumkin ekan.

«Bavariya»ga Yulianning o‘ziga ortiqcha oro berishi yoqmayapti

Joriy mavsumda murabbiy o‘zini ancha tiyib oldi. Lekin ba’zan yorqin obrazlarni ham namoyish etib turadi. Masalan, «Union»ga qarshi bellashuvga yorqin naqshli oddiy oq futbolkada maydonga tushdi. «Inter»ga qarshi Milan safariga bashang qora kostyumda yo‘l oldi. «Shtutgart» bilan bo‘lgan o‘yinda oq kurtkada maydonga tushdi. «Barselona»ni do‘stona kutib olish marosimiga olifta shim kiygan holda tashrif buyurdi. Aslida, qora futbolkasi ham yo‘q emasdi. Avvallari Nagelsmann yanada yorqinroq kiyinardi.

«Moda dahosi» - murabbiy taxalluslaridan biri

Hech qaysi murabbiyning kiyinish uslubi bu qadar ko‘p muhokama qilinmagan.

Nagelsmanning «Bavariya»ga o‘tishi xususidagi xabardan keyin taniqli SPOX sport sayti uning eng ko‘rkam liboslarini havola etgandi. Unda shishirilgan sariq tusli puxovik va qizil-sariq rangli Nike krossokasini kiygan obraz 1-o‘rinni oldi. 2020 yil sentyabrida Bild Nagelsmann Amerika kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan dastlabki murabbiy bo‘lishini e’lon qilgandi. Biroq kelishuv haqida rasman xabar berilmadi.

Yuliandagi tanlash qobiliyati alohida mavzu. Bu borada turli fikrlar mavjud. Asosiysi, u ko‘pchilikni qiziqtiradi. 2020 yilda taniqli to‘y dizayneri Uve Xerrmanndan yosh murabbiy obrazlariga baho berishini so‘rab, unga 5ta fotosuratlarni ko‘rsatgandik. Uve hayratini yashira olmadi:

«Shaxsan men Nagelsmanni modalar dahosi degan bo‘lardim. Undagi ziyraklik, iliqliq va yangilikka o‘chlikni bosh­qalarda uchratmaysiz. Yulian hech bir narsani e’tiborsiz qoldirmaydi, u o‘zining xususiy moda brendini ochishi kerak».

Shuningdek, murabbiy har bir uchrashuvga raqib jamoaning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda kiyim tanlaydi. Masalan, «Leypsig»ni boshqarib yurgan davrida «PSJ»ga qarshi YECHL yarim finaliga kulrang katakli shim va pidjak, qora ko‘ylak va to‘qko‘k bo‘yinbog‘ni tanlagandi.

O‘tgan yili germaniyalik mutaxassis modaga qiziqishini, bu masalada do‘sti bilan ijtimoiy tarmoqlarda bog‘lanib turishini tan oldi: «Uning ayrim mulohazalarini kulgi bilan qarshi olaman. Men faqat o‘zimga ma’qul bo‘lgan liboslarni kiyaman va iloji boricha bejirim bo‘lishga intilaman».

Bu yog‘iga «Bavariya»ning har bir uchrashuvida Yuliandan yangi liboslarni kutaverasiz.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 06.10.2022.
O'qildi: 2571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик