Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

2019 yilda «Ayaks» porlagan futbolchilar nega top darajaga chiqa olmadi?

2019 yilda «Ayaks» porlagan futbolchilar nega top darajaga chiqa olmadi?

Baho:
+ | -

2019 yilning bahorida “Ayaks” Yevropada furror ko‘targan, YECHL yarimfinaliga chiqqan, tarkibdagi bir qator yosh ijrochilar bo‘lajak top yulduzlar sifatida baholangandi. Ziyesh, de Yong, de Ligt, van de Bek... Qizig‘i, oradan uch yil o‘tsa hamki, ularning hech biri kutilgan darajaga chiqmadi, hamon o‘zini qidirgan, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan futbolchilardek taassurot qoldirmoqda.

Misollar bittadan ko‘p ekan, demak qanaqadir umumiylik qidirishga ehtiyoj seziladi. Holatni ayniqsa, Donni van de Bek misolida tushuntirish oson, menimcha.

Donni unikal futbolchi – yaqqol ajralib turadigan jihati yo‘q,zarbasi, tezligi, driblingi, paslari qanaqadir top darajada emas. Ammo shundayam uning top-futbolchi sifatida salohiyatini namoyon qiladigan yagona tomoni: to‘psiz harakatlanishi, jarima maydonida paydo bo‘lishi, chiziqlar orasida ochilib, o‘ziga va sheriklariga koridorlar barpo qilishi o‘ta yuqori darajada. Tabiiyki, bu alohida “skill” emas, ya’ni aytaylik, FIFA o‘yinida undan foydalana olmaysiz. Lekin agar yuqori darajada shakllantirilgan tizim bo‘lsa, uning murvati sifatida juda foydali bo‘la oladi. Sharti shuki, uning harakatlari maydondagi boshqa sheriklari bilan uyg‘un bo‘lishi, boshqalar ham u kabi fikrlashi, ayni mexanizm bo‘lishi kerak. Futbolda masalan, “Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerni qiyoslash mumkin, uning ham aynan nimaning hisobida top-futbolchi ekanini ayta olmaymiz, to‘g‘rimi?

Xullas, van de Bek Manchesterga tayyor qurilgan tizimga kelmadi, nazarimda, Sulsher uni nima uchun sotib olayotganini bilmagan ham. Ha, Rangnik ham Donnini asosiyga kiritmadi, hatto o‘sha ten Xag “Yunayted”ga kelganida, ko‘pchilik nihoyat niderlandiyalik futbolchi ikkinchi marta ochilishini kutgandi – hali yo‘q. Sababi, ten Xag hali “Old Trafford”da o‘z jamoasini qurgani yo‘q. O‘zgaruvchi, qisman futbolchilarning mahorati (o‘qing: "skil"lari) ko‘p narsani hal qilishi mumkin bo‘lgan bunday o‘tish davrida Donni hech qachon Brunoga teng kela olmaydi. Qaysidir tizimda balkim ayni saviyadagi futbolchilar bo‘lishiga qaramasdan, aynan hozirgi sharoitda Bruno va Donni o‘rtasidagi farq judayam katta ko‘rinib turaveradi. Balkim yana ozgina sabr va qachonki, “Yunayted” o‘yini shakllangan tenxagcha futbol o‘ynashni boshlashi hamono Donni van de Bek chindanam foydali futbolchiga aylanishi mumkin.

Yuqoridagi fikrlar aslida faqat Donni haqida emasligini sezdingiz. Sanalgan boshqa futbolchilar ham Donni qadar bo‘lmasa-da, biror tizim ichida yaxshiroq o‘zini ko‘rsata oladigan umumiylikka ega. Lekin Frenki De Yong uch yil ichida Barselonada uch murabbiy bilan ishladi. Ziyesh ham xuddi shu – Lempard, Tuxel va endi Potterning o‘yin uslubi bir-birining davomchisi emasligi aniq. De Ligt “Yuventus”da har yili murabbiy almashtirdi, shu yoz esa, jamoani.

Aminman, bu futbolchilar aytaylik o‘tgan mavsumda ten Xagning “Ayaks”iga borishganda, 2019 yilning qolgan joyidan davom ettirib, yana top darajaga chiqa olgan bo‘lishardi. Ya’ni ularning keyingi faoliyatlarini pasayish, ishonchlarni oqlay olmaslik, sport formasini yo‘qotganlik yoki boshqa sabablar bilan bog‘lamagan bo‘lardim. Muammo ko‘proq klublarning o‘zida, u yerdagi voqealar oqibatda ushbu transferlar muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqmoqda. Bugun de Yong Gaviga, Donni esa Maktomineyga raqobatni boy berayotgani, aynan shu tomondan – hikoya qilinayotgan futbolchilar top-darajaga aynan ma’lum sistema ichkarisida chiqib kelishdi, tabiiyki, o‘sha darajaga chiqish uchun ham ma’lum bir sharoitga muxtoj bo‘lib qolaveradi.

Menimcha, futbolchilarni sotib olayotganda, klublar, mana shu jihatlarga ko‘proq e’tibor berishlari kerakdir...

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:10, 07.10.2022.
O'qildi: 3634 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.