Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ivan Boshkovich: «Bunyodkor» safida ko‘proq akademiyamiz tarbiyalanuvchilari o‘ynashini istayman»

Ivan Boshkovich: «Bunyodkor» safida ko‘proq akademiyamiz tarbiyalanuvchilari o‘ynashini istayman»

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Superliganing 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Metallurg" klubiga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Himoyada intizom bilan harakat qildik. Raqib standartlarda xavfli o‘yin namoyish etishini, bugungi bahs qiyin kechishini bilardik. Bunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Futbolchilar ko‘rsatmalarimga amal qilishdi. Ha, xatolar ham bo‘ldi. Shunga qaramay, yigitlarni tabriklayman. Bu ularning g‘alabasi. Ular "Bunyodkor"ning asosiy tarkibida o‘ynashga loyiq ekanliklarini isbotlashmoqda. Men bunga shubha qilmagandim. Nasib qilsa, o‘zimizga mos bo‘lgan yuqori o‘rinlarga ko‘tarilamiz. G‘alabali yurishni davom ettirishga harakat qilamiz.

Asta-sekin o‘rinbosarlar safidagi o‘yinchilarni asosiy tarkibga jalb qilib boramiz. "Bunyodkor" safida faqat o‘z tarbiyalanuvchilari o‘ynashini istayman. Jadvalda yanada yuqoriroq o‘rinlarga ko‘tarilib olsak, ko‘proq yoshlarga imkon bera boshlaymiz.

Legionerlarni maydonga tushirmayotganimga ayrim sabablar bor. Ba’zi o‘yinchilar kasal bo‘lib qolishgan bo‘lsa, kimlardadir jarohat bor. Ular yaxshi formaga qaytishganidan keyin maydonga tushirishni rejalashtiryapman", — dedi Boshkovich.

Kiritildi: 21:11, 07.10.2022.
O'qildi: 1659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик