"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz "Ayaks"dan xarid qilingan Antonini tanqid qildi.
”Antoni faqat bitta tryukni biladigan poni (kichik bo‘yli ot nasli) dek ko‘rinyapti. U har doim to‘pni o‘ziga “yashiradi” va yoki orqaga, yoki yonga pas beradi. Yoki shunchaki zarba beradi. Menimcha u o‘z o‘yinini rivojlantirishi kerak”, - dedi Skoulz.
Braziliyalik vinger o‘tgan yozda "Ayaks"dan Manchesterga ko‘chib o‘tgandi.