Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Lionel Messi 2023 yilda «Barselona»ga qaytadi

Lionel Messi 2023 yilda «Barselona»ga qaytadi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi «Barselona»ga qaytadi. Bu haqda portugaliyalik insayder Pedru Almeyda xabar bermoqda.

«Ko‘k-anorranglilar» Messini ortda qaytarishni istaydi va argentinalikning o‘zi ham bunga qarshi emas. 2023 yil iyul oyida, parijliklar bilan shartnomasi yakuniga yetgach, Messi Ispaniyaga qaytadi, deya ta’kidlamoqda Almeyda.

«PSJ» ham Leo bilan amaldagi shartnomani uzaytirish uchun harakat qilmoqda.

Avvalroq 35 yoshli futbolchi Jahon Chempionatidan so‘ng kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishi haqida xabar berilgandi.

2022/23 yilgi mavsum Messi Fransiya chempionatida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

35 yoshli futbolchi 2003 yildan 2021 yilga qadar kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Leo «Barselona» safida 835 ta o‘yinda ishtirok etib, 709 ta gol urgan. Ispan klubi safida 10 marta Ispaniya chempionati, 7 marta Ispaniya Kubogi, 8 marta Ispaniya Superkubogi, 4 marta Chempionlar Ligasi, 3 marta UYEFA Superkubogi va 3 marta klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida zafar quchgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:55, 08.10.2022.
O'qildi: 8955 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик