Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-2 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

OFK vakillari O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga tashrif buyurishdi

OFK vakillari O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Osiyo futbol konfederasiyasi bosh kotibining o‘rinbosari, futbol federasiyalari va hududiy assosiasiyalar bilan ishlash departamenti direktori Vohid Kardani boshchiligidagi OFK vakillari O‘zbekiston futbol assosiasiyasida mehmon bo‘lib, O‘FA rahbariyati bilan uchrashishdi. Uchrashuvda OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Dastlab O‘zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida so‘z yuritildi. O‘FA hamda OFK o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini alohida ta’kidlandi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov Osiyo futbol konfederasiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirilishdan har doim mamnun ekanligini aytdi:

“OFK bilan hamkorligimiz yangi bosqichga chiqayotganidan xursandmiz. O‘zbekistonda futbol rivojiga katta e’tibor qaratiladi va muxlislar uchun ham futbol birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. Yurtimiz jamoatchiligi Osiyoning bir nechta muhim turnirlari mezbonligini katta xursandchilik bilan qabul qildi. Bu tajriba kelajakda qit’a miqyosidagi har qanday musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishimizda biz uchun katta imkoniyat taqdim etadi. Bu borada musobaqalar geografiyasini oshirib bormoqdamiz. Hududlardagi infratuzilma esa xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilyapti. Ishonamizki, keyingi yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogini ham ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazamiz”, dedi Irmatov.

O‘z navbatida Vohid Kardani yurtimizda futbolni rivojlantirish, infratuzilmasini yaxshilash, terma jamoalar uchun zarur sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, O‘zbekiston Osiyoda OFKning eng ishonchli hamkorlaridan ekanini e’tirof etdi.

Bundan tashqari, suhbat davomida ommaviy futbol, ayollar futboli va OFKning ta’lim yo‘nalishiga oid loyihalari yuzasidan fikr almashildi. Dasturlarga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb qilish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida futbolni yanada rivojlantirish masalasida ma’lumot almashildi.

OFK vakillari o‘zbekistonlik futbolchilarning xalqaro maydondagi ishtiroklarini yuqori baholab, futzal bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi va Jahon chempionati sovrindori O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining natijasini e’tirof etdi hamda jamoalarimizga keyingi turnirlarda ham omad tiladi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi va tomonlar hamkorlikni keng qamrovda davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:01, 11.10.2022.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик