Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Indoneziya polisiyasi stadionda muddati o‘tgan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni ishlatgan

Indoneziya polisiyasi stadionda muddati o‘tgan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni ishlatgan

Baho:
+ | -

Indoneziya polisiyasi 1 oktyabr kuni Kanjuruxan stadionida tartibsizliklar ro‘y berganda foydalanish muddati o‘tib ketgan ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanganini tan oldi. Shunga qaramay, polisiyachilar muddati o‘tib ketgan gaz odamni o‘ldirmasligini ta’kidlashmoqda, deb xabar bermoqda TEMPO.CO portali.

Polisiyachilar 1 oktyabr kuni "Arema" va "Persebaya" jamoalari uchrashuvida Kanjuruxan stadioniga chiqib ketgan futbol ishqibozlarini tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Natijada odamlar orasida vahima va ur-yiqit kelib chiqqan. Voqea 131 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi, yuzlab ishqibozlar jarohat olgan.

Indoneziya polisiyasining jamoatchilik bilan aloqa bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, general Dedi Prasetyoning TEMPO.CO portaliga bayonot berishicha, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazning foydalanish muddati tugasa, uning kimyoviy ta’sir kuchi ham pasayadi.

Prasetyoning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat polisiyasining olib borgan tekshiruvlariga ko‘ra, stadionda ro‘y bergan fojia qurbonlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan emas, balki ur-yiqit paytida halok bo‘lgan.

Kiritildi: 06:02, 12.10.2022.
O'qildi: 1305 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.