Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga. «Nasaf» - «So‘g‘diyona» o‘yinidagi hakamlar va g‘alati paradokslar haqida

Superliga. «Nasaf» - «So‘g‘diyona» o‘yinidagi hakamlar va g‘alati paradokslar haqida

Baho:
+-1 | -

Superliganing 21-turi doirasida o‘tkazilgan "Nasaf" — "So‘g‘diyona" uchrashuvidagi hakamlik borasida ayrim mulohazalarni bildirib o‘tmoqchiman.

Ilgiz Tantashev qilgan ishni, chiqargan qarorni shunchaki xato deyishga til bormaydi. Bunday saviyadagi hakam (O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshi hakami, bir necha yillardan buyon FIFA hakami sifatida ko‘plab xalqaro o‘yinlarni boshqarib kelmoqda) juda oddiy vaziyatda "yosh bolalarcha" xato qilishi mumkin emas. Boz ustiga, videotakrorni tomosha qilgach! Bu yerda boshqa narsaning "hidi" kelmoqda. Ha, Tantashev nomuayyan muddatga (ma’lumotlarga qaraganda — mavsum oxiriga qadar) chetlatildi. Ammo Ilgizning bunday qarori ortida nimalar turganini tegishli tashkilotlar aniqlashi kerak, chamamda.

Bundan tashqari, o‘sha vaziyatda Tantashev darhol penalti belgilamagan. Faqatgina videoyordamchi hakam (Rahimbek Karimov)ning tavsiyasiga ko‘ra u vaziyatni qayta tomosha qilgach, penalti belgiladi. Aslida VARda ishlagan hakam videooprasion xonada vaziyatni turli rakurslardan tomosha qilgach, bosh hakamga aloqa vositasi orqali vaziyat penaltiga tortmasligini aytib, o‘yinni davom ettirish mumkinligini yetkazishi kerak edi. Shunda o‘yin tempi buzilmagan, ortiqcha vaqt yo‘qotilmagan, futbol ommasining e’tiroziga sabab bo‘lmagan va ehtimol "Nasaf" ochkolardan nohaq mahrum bo‘lmagan bo‘lardi. Aytyapmanku, bu yerda qandaydir "hid" kelyapti deb...

Tushunarsiz holat

VAR sifatida ishlagan Rahimbek Karimov bilan bog‘liq 2ta vaziyat e’tiborimni tortdi va ba’zi savollarni keltirib chiqardi.

Birinchidan, 26 sentyabr kuni Superliga hakamlari uchun o‘tkazilgan yig‘ilishda Rahimbek Karimov boshqa referi — Aziz Asimovning o‘rniga FIFA referisi sifatida tavsiya etiladigan bo‘ldi. Demak, uning saviyasi o‘sib bormoqda va FIFA hakami darajasiga yetib qoldi. Juda yaxshi.

Ikkinchidan, Rahimbek Karimov Superliganing 20-turi doirasida o‘tkazilgan "Qizilqum" – "Metallurg" bahsini boshqarib bordi hamda past ball olgani uchun O‘FA hakamlar qo‘mitasining 4 oktyabrdagi qarori bilan bitta o‘yinda diskvalifikasiya qilindi (+jarimaga tortildi).

Endi qarang. 20-turdan so‘ng bitta o‘yinga chetlatilgan hakam 21-turda VAR sifatida ishlashi mumkin ekanda a? Diskvalifikasiya qilingan arbitr hakamlikning barcha yo‘nalishlari (bosh hakam, zaxira hakami, VAR, AVAR, Yoshlar ligasi, Pro liga, U18 chempionatlari hakamligi)dan chetlatilmaydimi? Ehtimol, qo‘llanilgan jarimaning o‘rnini "to‘ldirib" olish uchun shunday yo‘l tutishgandir?! Bunisi mutasaddilarga ayon. Ammo ushbu hakam bunday yuksak ishonchni oqlay olmasdan, 21-turda yana "qovun tushirib" o‘tiribdi.

Savol: FIFA hakamligiga tavsiya etilgan Rahimbek Karimov qanday hakam o‘zi?

Yakdillik qani?

Superliga 21-tur o‘yinlari yakunlangach O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanali orqali fikr bildirdi: "Ichki chempionat o‘yinlaridan chetlashtirilgan futbol hakami xalqaro o‘yinlarda ham ishlolmaydigan bo‘lishi kerak. Shundagina bular o‘zimizning futbolni ham hurmat qilishni boshlaydi".

Bundan ko‘rinib turibdiki, Diyor Superligadagi hakamlikdan nafaqat qoniqmayapti, balki ularning qarorlaridan jahli chiqmoqdaki, qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan hakamlarning faqatigan milliy chempionatdan chetlatilishidan qoniqish hosil qilmayapti. To‘g‘rida, endigina intriga yuzaga kelgan Superligadagi chempionlik masalasi maydondagi kurash orqali emas, hakamlarning hurmacha qiliqlari orqali hal bo‘lsa, odamga alam qiladi.

Nazarimda, Superliga va hakamlar masalasida O‘FA va O‘zPFL o‘rtasida yakdillik yo‘qdek. Avvalo futbol mutasaddilari kelishib olishlari kerak: Chempionatda barcha narsa maydonda hal bo‘lishi kerak va bunda hakamlar aslo qing‘ir ishlarga qo‘l urmasligi shart!

Olimxo‘ja Bo‘ronov.

Kiritildi: 11:09, 12.10.2022.
O'qildi: 14438 marta.
Fikrlar: 49 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.