Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Mbappe va "PSJ" o‘rtasidagi vaziyat qanday?

Mbappe va "PSJ" o‘rtasidagi vaziyat qanday?

Baho:
+ | -

«PSJ» va Fransiya terma jamoasining asosiy yulduzi Kilian Mbappe Parijda "hafsalasi pir" bo‘lgan ko‘rinadi. Hujumchi mavsum boshidan beri o‘zini g‘alati tutdi - dastlab u jamoadoshlari bilan janjallashdi, Fransiya futbol federasiyasi bilan imidj huquqi uchun bahslashdi va transgender bilan munosabatlar haqida jamoatchilikni hayajonga soldi.

Fransuz gigantlari Mbappeni klubda saqlab qolish uchun yozgi shartlarni hisobga olsak, ajablanarli emas. Bunday bosimdan har qanday darajadagi futbolchi aqldan ozishi turgan gap.

Ma’lum bo‘lishicha, hatto parijliklar safida Mbappega xozirgi "monarxiyasi" ham yetarli emas. Marsa nashri Kilianning yanvar oyida "PSJ"ni tark etish rejalari haqida xabar berdi. Manbaga ko‘ra, hujumchi klub unga nisbatan xurmatsizlik qilmoqda deb hisoblamoqda: bunga rahbariyat futbolchining shartnomani uzaytirishdan oldin bergan bir qator va’dalarini bajarmagani sabab bo‘lgan.

"Kilian Mbappe va «PSJ» o‘rtasidagi munosabatlar butunlay buzilgan", - deydi nashr manbasi. 

Marsa ma’lumotlarini boshqa xorijiy OAVlar ham tasdiqlashgan. Jurnalistlarning fikriga ko‘ra, Kilian hali ham "Real Madrid"da o‘ynashni istamoqda. Biroq, fransuz klubi boshliqlari bunday transferga rozi bo‘lmasa kerak - iyul oyida ular Mbappeni o‘z shartlariga ko‘ra «Qirollik»dan boshqa istalgan klubga o‘tkazishga rozi bo‘lishgan edi. Bunga «PSJ» xo‘jayinlarining qaymoqranglilar prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari buzilgani sabab bo‘lgan.

L'Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» bilan shartnomasi 2024 yilgacha (rasmiy ravishda e’lon qilinganidek 2025 yilgacha emas). Endilikda Mbappe uchun asosiy davogarlardan biri bu «Liverpul» - misrlik jurnalist Ismoil Mahmudning yozishicha, klub «PSJ»ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lgan Salohni Kilian bilan almashtirishni rejalashtirmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:13, 12.10.2022.
O'qildi: 2936 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.