Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Pellegrini: "Dibalaning yo‘qligi "Roma"ni o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi"

Pellegrini: "Dibalaning yo‘qligi "Roma"ni o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi"

Baho:
+ | -

"Betis" ustozi Manuel Pellegrini Yevropa ligasi doirasida "Roma"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada "Betis" safarda "Roma"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

"Albatta, Dibala kabi futbolchini yo‘qotish "Roma"ga ta’sir qiladi. Lekin jamoa bir futbolchiga bog‘liq emas. Ishonchim komilki, "Roma"da uning o‘rniga kuchli o‘rinbosar bor. Bizda Fekir bilan ham xuddi shunday bo‘lgan, ammo bu o‘zimizni oqlash uchun sabab bo‘lmaydi.

O‘ylaymanki, biz muvozanatli o‘yin o‘tkazamiz. Mourinyo jamoalari shiddatliligi bilan ajralib turadi va ular qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynashni bilishadi” - dedi Pellegrini matbuot anjumanida.

"Betis" va "Roma" o‘yini 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:18, 12.10.2022.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик