Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Navbatdagi Messimi yoki «yangi Dembele»

Navbatdagi Messimi yoki «yangi Dembele»

Baho:
+-1 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi 15 yoshli o‘smir Lamin Yamalni asosiy jamoaga tortmoqda.

Aytishlaricha, Kataloniya faxri yosh bolakayni shunchaki, sevib qolgan, albatta, futbol ma’nosida. Xo‘sh, u Messining navbatdagi vorisimi yoki «Yangi Dembele»? Quyidagi maqolasi shu yigitcha haqida.

«Blaugrana»ga qarashli «La Masiya» akademiyasi oxirgi yillar bir qator yorqin iste’dodlarni tarbiyalab, katta sahnaga chiqardi. Xususan, yaqin orada Gavi va Ansu Fati kabi yigitlar Lionel Messi, Andres Inyesta va Serxio Buskets izidan yura boshlaganlariga guvoh bo‘ldik. Endi esa 2007 yili tug‘ilgan Yamal o‘zi ham shu akademiyada tahsil olgan Xavini hayratda ushlamoqda. Ta’kidlanishicha, «Barsa» tizimidagi U-19 jamoasi - «Xuvenil A» safida to‘p surayotgan bir qator iqtidorlar yaqinda asosiy tarkib vakillari mashg‘ulotida ishtirok etishdi, jumladan,  15 yoshli Yamal ham.

Lamin Yamal - qoyilmaqom driblingga ega hujumchi. Ayniqsa, chap oyog‘i bilan sehrli «hunar»lar ko‘rsatadi. Bolakay hozirga qadar «Barselona»ning yoshlar jamoasida o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi. Ispaniya o‘smirlar termasi o‘yinlari videoyozuvlariga qarasangiz, Yamalga bejiz katta umid bog‘lanmayotganini darhol tushunasiz. Umuman, Lamin allaqachon kattaroq yosh toifasiga sakradi. Hozirda o‘zidan 4 yosh katta futbolchilar bilan o‘ynayotgan yigitcha ular orasida ajralib turishni ham uddalamoqda. «Barsa» yoshlar tizimidagi jamoalar ishlaridan xabardor muxlislar va ekspertlar esa hozirda u haqda tillaridan bol tomizib gapirishyapti. Deylik, ayrimlar Yamalni Leo raqamini meros qilib olgan jamoaning hozirgi bosh «marvarid»laridan biri Fati bilan taqqoslamoqdalar.

«Mundo Deportivo» jurnalisti Ferran Martinesning qayd etishicha, Xavi yosh yigitchani shunchaki, sevib qolgan, albatta, futbol ma’nosida. Yangi vunderkind huquqlarini Gavi va Erik Garsiyaning agenti Ivan de la Penya himoya qilmoqda. Demakki, u yaqin orada birinchi professional shartnoma ostiga imzo chekishi ham hech gap emas. Har holda, Laminga boshqa klublar qiziqa boshladi. To‘g‘ri, «Barsa» bunday iqtidorni osongina qo‘yib yubormaydi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:13, 12.10.2022.
O'qildi: 5481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.