Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun juda kuchli raqibni mag‘lub eta oldik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun juda kuchli raqibni mag‘lub eta oldik»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan AGMK klubiga qarshi o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugun muxlislarimizning duosi, ularning stadiondagi yordami juda katta bo‘ldi. Bugun ularga haqiqiy quvonch ulashdik. Bundan juda ham xursandmiz. Finalda ham bor kuchimizni berib, ishqibozlarimizni xursand etishni maqsad qilganmiz va shu maqsad yo‘lida kurashamiz.

O‘yinni yaxshi boshladik va ko‘p vaziyatlar yaratdik. AGMK gol urgan vaziyatda esa e’tiboorni yo‘qotib qo‘ydik. Bugungi raqibimiz kuch edi. Bugun juda kuchli raqibni mag‘lub eta oldik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘zgarishlarni amalga oshirib, o‘yinimizni kuchaytira oldik va g‘alabaga erishdik.

— "Nasaf" sakkizinchi marta finalga chiqdi. Jamoa 2 marta Kubokni qo‘lga kiritgan. Buxoroda o‘tadigan finalda jamoaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
— Murabbiylar va futbolchilarning maqsadi ham Kubokni qo‘lga kiritish. Muxlislarimizning talabi ham shunday. Buning uchun bor kuchimizni berib harakat qilamiz. Finalda raqibning kim bo‘lishi ahamiyatga ega emas. "Navbahor" va "So‘g‘diyona"dan munosibi finalga chiqadi.

— Hakamlik borasida fikringiz.
— Bugun ularga e’tirozim yo‘q. Hakamlar vaziyatlarni ko‘rib, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishdi, deb o‘ylayman.

— "Nasaf"ning so‘nggi paytdagi gollarini himoyachilar urishmoqda...
— Zamonaviy futbolda bo‘yi baland futbolchilardan foydalanish kerak. Shuning uchun standartlarga ko‘p e’tibor qaratyapmiz.

Uch markaziy himoyachi bilan o‘ynaganimizda qanot himoyachilarimizga ko‘p yuklama tushadi. Sherzod Nasrullayev va Dilshod Saitov charchab qolishdi. Shuning uchun ularning o‘rniga Sharof va Zafarmurodni tushirdik. Ular o‘yinga yaxshi kirishib ketishdi.

— Kubok o‘yinlarda darvozabon Umid Ergashevga yordam beryapsiz. Buning sababi nimada?
— Abduvohid Ne’matov va Umid Ergashev olimpiya terma jamoamizga nomzod o‘yinchilar hisoblanadi. "So‘g‘diyona"ga qarshi durang o‘ynganimizda Abduvohidning ozgina xatosi bo‘ldi. Shuning uchun bugun Umidga imkon berishga qaror qildik.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:47, 14.10.2022.
O'qildi: 11645 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.