Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika. Bugun ikki qizimiz medallarni qo‘lga kiritishdi

Og‘ir atletika. Bugun ikki qizimiz medallarni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Manama shahrida (Bahrayn) o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi.

O‘zining ilk musobaqasi – Ko‘nya-2021 V Islom birdamligi o‘yinlarida sovrindorlar qatoridan joy olgan Rigina Adashbayeva ikkinchi xalqaro startni ham muvaffaqiyatli o‘tkazdi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Adashbayeva dast ko‘tarish mashqida 97 kg bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Yurtdoshimizga siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlarida birozgina omad yetishmadi. Vakilimiz jami 212 kg (97+115) natija bilan musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

Mahoratli og‘ir atletikachimiz Tursunoy Jabborova Bahraynda o‘tayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamizga navbatdagi medallarni taqdim qildi. -87 kg vazn toifasida ishtirok etgan qashqadaryolik sportchimiz kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Jabborova dast ko‘tarish mashqida 112 kg bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarish yo‘nalishida esa 130 kg bilan bronza medali sohibasiga 1 kg imkoniyatni boy berdi. Ikki kurashdagi 242 kg yakunda yurtdoshimizni shohsupaning uchinchi pog‘onasiga olib chiqdi.

Kiritildi: 22:43, 14.10.2022.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.