Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Kelasi mavsumda OCHLda ishtirok etadigan o‘zbek klublari haqida

Kelasi mavsumda OCHLda ishtirok etadigan o‘zbek klublari haqida

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining keyingi mavsumida O‘zbekiston uchun "2+2" ko‘rinishida kvota ajratilgan. O‘zbekiston kubogi finalchilari ma’lum bo‘lgach, ushbu yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan jamoalar aniqlanib bormoqda.

Guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmalar Superliga chempioni va O‘zbekiston kubogi g‘olibiga beriladi.

OCHLda qatnashadigan birinchi jamoa (guruh bosqichi)
Mavsum tugashiga 5 tur qolganida nazariy jihatdan chempionlik uchun 6ta jamoada imkoniyat bor. Ammo amalda chempionlik "Nasaf", "Navbahor" va "Paxtakor" o‘rtasida kechishi oydinlashib qoldi. Mavsumning so‘nggi tur o‘yinlari 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘sha kunlarda biz chempion jamoa nomini bilib olamiz va bu jamoa OCHL guruh bosqichi uchun tashlanadigan qur’ada 1-savatchada bo‘ladi.

OCHLda qatnashadigan ikkinchi jamoa (guruh bosqichi)
O‘zbekiston kubogi sohibi 30 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi. Bu yo "Nasaf", yoki "Navbahor" bo‘ladi.

Kubokda g‘olib chiqqan jamoa, Superligada ham chempionlikni qo‘lga kiritib, "oltin dubl"ga erishadigan bo‘lsa, u holda ikkinchi yo‘llanma chempionatda 2-o‘rinni egallagan klubga beriladi ("Navbahor"/"Nasaf"/"Paxtakor").

OCHLda qatnashadigan uchinchi jamoa (saralash bosqichi)
Superliga vise-chempioni ("Navbahor"/"Nasaf"/"Paxtakor").

Mavsumda "oltin dubl" qayd etilsa, chempionatda 3-o‘rinni egallagan jamoa uchinchi yo‘llanmaga ega bo‘ladi ("Navbahor"/"Nasaf"/"Paxtakor", ehtimol — "Qizilqum"/"So‘g‘diyona"/AGMK)

Uchinchi yo‘llanma egasi o‘z ishtirokini saralash pley-off bosqichidan boshlaydi. Agar Ummonning "As-Siib" klubi OFK kubogi finalida g‘alaba qozonsa va OCHL lisenziyasiga ega bo‘lsa, u holda ilk saralash bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyuradi. Ushbu shartlardan biri bajarilmasa, uchinchi jamoamiz guruh bosqichiga chiqish uchun bitta o‘yindan iborat saralashda ishtirok etadi. Bu o‘yin Qatarning 4-jamoasiga qarshi safarda o‘tkaziladi.

OCHLda qatnashadigan to‘rtinchi jamoa (saralash bosqichi)
Superligada bronza medalini qo‘lga kiritgan jamoa ("Navbahor"/"Nasaf"/"Paxtakor", ehtimol — "Qizilqum"/"So‘g‘diyona"/AGMK).

Mavsumda "oltin dubl" qayd etilsa, chempionatda 4-o‘rinni egallagan jamoa uchinchi yo‘llanmaga ega bo‘ladi ("Paxtakor"/"Qizilqum"/"So‘g‘diyona"/AGMK).

Bu yo‘llanma egasi saralashning birinchi bosqichida Bangladeshning "Bashundara Kingz" jamoasiga qarshi o‘z uyida o‘ynaydi. Ikkinchi bosqichda klub Qatarning 3-jamoasiga qarshi safarga boradi.

Taqvim
Osiyo chempionlar ligasi kuz-bahor tizimiga o‘tgani uchun saralash o‘yinlari 15 va 22 avgust kunlari o‘tkaziladi. Guruh bosqichi esa 18 sentyabr kuni boshlanib, 13 dekabr kuni yakunlanadi. Pley-off bosqichi bahslari 2024 yilning fevral oyida boshlanadi. Final 11 va 18 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichi odatdagidek uy-safar tizimida o‘tkaziladi (markazlashtirilgan tizimdan to‘liq voz kechildi). Pley-off bosqichi o‘yinlari (hattoki final ham) ikkita o‘yindan iborat bo‘ladi.

Xulosa
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, "Nasaf", "Navbahor" va "Paxtakor" klublarida Chempionlar ligasining keyingi mavsumida ishtirok etish ehtimoli juda yuqori. Superligada 4-o‘rin uchun qattiq kurash kechadi. Bu jamoa OCHLga beriladigan 4-yo‘llanmaga ega chiqadi.

Albatta, bu jamoalar OFK talabini bajargan holda tegishli lisenziyani ham qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 10:08, 15.10.2022.
O'qildi: 10184 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.