Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Kazemiro ten Xagning kuchli tomonlarini sanadi

Kazemiro ten Xagning kuchli tomonlarini sanadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning kuchli tomonlari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Ten Xag mehnatsevarlik va g‘alaba qozonish istagi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu nafaqat uning, balki butun murabbiylar shtabining harakteri. Ular hech qachon erishgan yutuqlaridan to‘xtamaydilar, ular doimo yangi narsa qilishni va o‘yinimizni yaxshilashni xohlashadi. Menimcha, “Manchester Yunayted”da ajoyib murabbiy bor. Ten Xag bu yerda yaxshi ish qilyapti. Uning ishlari "Ayaks"da ham ko‘rindi.

Biz turli sifatlarga ega bo‘lgan turli o‘yinchilarni tanladik. Ishonamanki, biz hammamiz ten Xagning o‘yin uslubiga moslashamiz. Har bir murabbiyning o‘ziga xos o‘yin modeli, shuningdek, jamoani boshqarish uslubi bor. Men Anchelotti va Zidan bilan ishlaganman. Klubga sodiqlik va qilayotgan ishingizga sodiqlik eng muhimi. G‘alaba esa hammasi to‘g‘ri bajarilgani natijasi bo‘ladi", - deya Kazemirodan iqtibos keltiradi mankunianliklar rasmiy sayti.

Kiritildi: 06:23, 16.10.2022.
O'qildi: 1647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик