Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

"PSJ" yangi Ronaldu uchun 150 million yevro tayyorlamoqda. JCH-2022 uni super yulduzga aylantirishi mumkin

"PSJ" yangi Ronaldu uchun 150 million yevro tayyorlamoqda. JCH-2022 uni super yulduzga aylantirishi mumkin

Baho:
+ | -

Forvard uchun yana ikki ingliz jamoasi kurash olib boradi.

Rafael Leau qishki transfer bozoridagi asosiy aktiv hisoblanadi. O‘tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi ikkinchi ajoyib yilni o‘tkazmoqda va bir vaqtning o‘zida bir nechta top-klublarning e’tiborini tortdi. 23 yoshli hujumchi "Milan" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan, biroq u bir necha oy ichida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Leau qayerdan kelgan

Leau ham Ronaldu kabi faoliyatini “Sporting”da boshlagan. Hujumchi tez rivojlandi: 2017/2018 yilgi mavsumda Rafael Portugaliya kubogida gol urdi - bu gol uning kattalar futbolidagi debyuti bo‘ldi. O‘sha mavsumda Leau UYEFA Yoshlar ligasidagi raqiblarini qiynab tashladi (olti o‘yinda 5 + 3) va bir yildan so‘ng u "Lill"ga o‘tdi. Fransuz jamoasi uni tekinga qo‘lga kiritdi.

Fransiyada hujumchi oldinga katta qadam tashladi. Liga 1 ga o‘tishdan oldin u kattalar darajasida atigi beshta o‘yin o‘tkazdi, lekin ularda ham Leau ikkita gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi. 2018/2019 yilgi mavsumda Rafael Fransiya chempionatining 24 o‘yinida sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Rafaelning "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan edi, ammo bunday o‘yinlardan so‘ng fransuz klubi istiqbolli yigitni "Milan"ga 29,5 million yevroga sotib yubordi.

Portugaliyalik uchun Italiyadagi joriy mavsum allaqachon to‘rtinchisi hisoblanadi. Har yili hujumchi yanada ko‘proq bahslarda ishtirok etib, A Seriyadagi o‘yinini yaxshilab bormoqda:

2019/2020 yilgi mavsum - 31 o‘yin, 6 gol, 2 golli uzatma (1393 daqiqa);
2020/2021 yilgi mavsum - 30 uchrashuv, 6 gol, 6 golli uzatma (1930 daqiqa);
2021/2022 yilgi mavsum - 34 o‘yin, 11 gol, 10 golli uzatma (2620 daqiqa).

Bundan tashqari, o‘tgan mavsumda Leau "Milan" bilan Italiya chempioni bo‘ldi, mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, shuningdek, Portugaliyaning asosiy terma jamoasida debyut qildi. Hujumchi terma jamoa safida 11 o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan - Turkiya va Chexiya bilan o‘yinlarda. Leau bu mavsumni ajoyib boshladi u "Milan" bilan Chempionlar Ligasining to‘rtta o‘yinida uchta golli uzatmani amalga oshirdi va A Seriyaning sakkizta uchrashuvida 4+4 (gol+pas) natijasini qayd etdi.

Leau - Portugaliya terma jamoasining yangi yulduzi? U Ronaldu o‘rnini egallaydimi?

Yevro-2016da g‘alaba qozongan Portugaliyada hozirda ikkita kuchli hujumkor o‘yinchi bor - Diogu Jota va Joau Feliks. Agar birinchisi asosiy o‘yinchi bo‘lsa va ko‘pincha o‘yinlar natijasini hal qiladigan bo‘lsa, "Atletiko" forvardi ko‘proq vaqtini shifoxonada o‘tkazadi. Unga sarflangan 127,2 million yevro esa deyarli o‘zini oqlamadi. Shuningdek, Feliks terma jamoada o‘zini unchalik yaxshi ko‘rsata olmaydi. Leau Portugaliyaning yangi asosiy yulduziga aylanishi mumkin. Uning katta turnirlarda tajribasi yo‘q, ammo aynan Rafael Fernando Santush uchun hozir muhim hujumkor o‘yinchi hisoblanadi.

Jota, Feliks va Ronaldu hozirda o‘z klublarida kamdan-kam holatda maydonga tushmoqda, ammo, Leau ayni vaqtda "Milan"ni yelkasida sudrab yuribdi. Hozir rahbariyat portugaliyalik bilan shartnomani yangilash niyatida, chunki unga allaqachon "Manchester Siti", "Chelsi" va "PSJ" qiziqish bildirmoqda. MediaFoot xabariga ko‘ra, parijliklar vingerni 150 million yevroga sotib olishni faollashtirishga tayyor. Ammo "Milan" futbolchini saqlab qolish uchun bor kuchini sarflaydi. Football Italia xabariga ko‘ra, klub rahbariyati hujumchiga shartnoma taklif qiladi, unga ko‘ra u bonuslarni hisobga olmaganda, mavsum uchun 6 million yevro maosh oladi.

Paolo Maldini
Milan sport direktori

Biz Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz, chunki menimcha, biz uning o‘sishiga yordam beradigan eng yaxshi klubmiz. Albatta, biz hali ham muzokaralar olib borishimiz va kelishuvga erishishimiz kerak. Biz Bennaser va Kalulu bilan ham shartnomalarni uzaytirmoqchimiz”.

Maldini "Milan"ni Leau uchun ideal klub deb hisoblasa-da, "jamoada tegib bo‘lmaydiganlar yo‘q" deb ham ta’kidladi. Ko‘rinishidan, bu so‘zlar aniq ma’noni anglatadi: agar kimdir portugaliyalik uchun katta miqdorda (100+ million yevro) taklif qilsa, uni sotish mumkin.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati Leauning "Milan"dan ketishi ehtimolida katta rol o‘ynaydi.

Portugaliyalik yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi va kumush medali sohibiga aylandi.

Endi to‘rt yillikning asosiy turnirida o‘zini ko‘rsatish vaqti keldi.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 20:13, 17.10.2022.
O'qildi: 7067 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.