Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Risharlisonning tiklanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Risharlisonning tiklanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" hujumchisida APLning "Everton"ga qarshi o‘yinida (2:0) chap boldir mushaklarida muammo yuzaga keldi va u 52-daqiqada almashtirildi. Kiyinish xonasida futbolchi yig‘lab yubordi.

Bugun braziliyalik futbolchi ko‘rikdan o‘tdi. Uning natijalari shuni ko‘rsatdiki, futbolchining jarohati jiddiy emas, u taxminan ikki haftadan so‘ng maydonga qaytishi mumkin.

"Shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte braziliyalik futbolchining Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi.

“Bu jarohat, lekin u qadar jiddiy emas. Uning boldirida muammo bor. O‘ylaymanki, unga tiklanish va formaga qaytish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Umid qilamanki, u Jahon chempionati oldidan biz uchun oxirgi o‘yinlarda maydonga tushadi, jarohati unchalik jiddiy emas. Men u uchun xursandman, chunki Jahon chempionatida o‘ynash har bir futbolchining orzusi”, - dedi Konte.

Kiritildi: 20:49, 17.10.2022.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик