Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro - Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon - So‘g‘diyona
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

"Arsenal"ning shodiyonasi davom etadi. Jamoa darvozaboni bu haqida qanday fikrda?

"Arsenal"ning shodiyonasi davom etadi. Jamoa darvozaboni bu haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

"Arsenal" 10-turdan keyin ham APL yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Bunda jamoaning "Lids"ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi katta yordam berdi. Bu haqida "to‘pchilar" posboni Eron Ramzdeyl fikr bildirib o‘tdi. U shunday deydi:

"Men jamoamizning darajasi oshgan deb bilaman va bundan xursandman. Shaxsan men o‘zimga nisbatan juda ham talabchanman. Mavsum boshidan buyon o‘tkazib yuborayotgan gollarim sabab o‘zimni tanqid qilib keldim. Chunki ertasi kuni, albatta mendan bu haqida so‘rashadi. Bugun jamoaga yordam bera oldim va bundan faqat shodman. G‘alaba zavqi menga yoqadi. Uch ochko biz uchun o‘ta zarur edi va uni oldik".

Ramzdeyldan seyvlari haqida so‘ralganida, u shunday deydi: "Bilasizmi, bir lahza eplay olarmikinman degan hayol keladi. Ammo siz darvozabonsiz va o‘z ishingizni qilishingiz kerak. Bunga majbursiz. Har qanday vaziyatda imkoniyatlar ellikka ellik bo‘ladi. Duellarda g‘olib chiqdim va bu menga ijobiy ta’sir qildi. O‘ylaymanki, keyingi bahslarda ham shu yo‘sinda davom eta olamiz".

"Lids" hamda "Arsenal" bahsi 1-0 hisobidagi mehmonlarning g‘alabasi bilan tugagan. O‘yin 40 daqiqa to‘xtab turib, keyin yana davom ettirilgan edi. Bunga bosh hakam Kris Kavana hamda yordamchilarining VAR'dagi sheriklari bilan aloqani yo‘qotgani sabab bo‘lgan. Texnik muammo bartaraf etilgach, hammasi tugagan joyidan davom etdi.

Bahs haqida "Lids" ustozi Jessi Marsh ham fikr bildirdi. U shunday deydi: "Bahsda ko‘plab voqealar sodir bo‘ldi. Hissiyotlarga to‘la o‘tgan o‘yinda yigitlar zo‘r o‘ynashdi. Endilikda, jamoamiz bilan yana yig‘ilishimiz, ushbu bahsni tahlil qilib, jismoniy holatni yaxshilab o‘rganishimiz kerak. Biz raqibdan yaxshiroq edik. Ammo hozir faqat keyingi bahslarni o‘ylashimiz lozim. Mavsumning qolgan o‘yinlaridan maksimum foydalanish kerak".

Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Arsenal" 27 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "Lids"da 9 ochko mavjud va ular 15 o‘rinni band etgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:11, 17.10.2022.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.