Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kurtua darvozabonlar "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmasligini tanqid qildi

Kurtua darvozabonlar "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmasligini tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Real Madrid"ning 30 yoshli belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua Fransiyaning France Football gazetasidan "Oltin to‘p" uchun ovoz berish tizimini tanqid qildi.

"Ishonchim komilki, darvozabon "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olmaydi. Ushbu mukofot sohibi Karim Benzema va biz hammamiz bunga qo‘shilamiz. Ammo Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan shunday mavsumdan so‘ng, ovoz berishda o‘zimni yettinchi o‘rinda ko‘rdim. Bu esa darvozabonlar hisobga olinmasligidan dalolat beradi. Shu bilan birga kuchli o‘ntalikda himoyachilar ham yo‘q. Mayli, hech bo‘lmaganda ular yana bir sovrinni (Lev Yashin) o‘ylab topishdi", - deydi Kurtua A Bola nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Primeranining so‘nggi mavsumida darvozabon 36 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z darvozasidan 29 ta gol o‘tkazib yuborgan va 16 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Chempionlar ligasida Kurtua 13 ta o‘yinda 14 ta gol o‘tkazib yubordi va jami 50 ta seyv amalga oshirdi.

Kiritildi: 06:37, 18.10.2022.
O'qildi: 2925 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик