Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" va "Real" Alfonso Devisni jamoaga jalb qilishga tayyor

"Barselona" va "Real" Alfonso Devisni jamoaga jalb qilishga tayyor

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Alfonso Devis Ispaniyaning ikki grandi manfaatlari doirasida. Kanadalik futbolchiga 2023 yilning yozida uni sotib olishga tayyor bo‘lgan "Real" hamda "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

21 yoshli Devis nemis jamoasida 2018 yildan beri to‘p suradi. "Bavariya" tarkibida futbolchi to‘rt karra Germaniya chempioni bo‘ldi, Chempionlar Ligasi va Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kanadalik futbolchi joriy mavsum Bundesliga va Chempionlar ligasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:27, 18.10.2022.
O'qildi: 2859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.