Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Xavi va boshqalar: "Barselona" afsonasining qayd etayotgan natijalari qoniqarlimi?

Xavi va boshqalar: "Barselona" afsonasining qayd etayotgan natijalari qoniqarlimi?

Baho:
+ | -

2021 yilning noyabr oyida "Barselona" klubi bosh murabbiy sifatida o‘zining afsonaviy vakili, Xavi Ernandesni tayinlaydi. U iste’foga chiqarilgan Ronald Kuman o‘rniga olib kelingan edi. Klub rahbariyati Xavini jamoani yangi davrga yetaklaydi deb ishongan edi. Qaysidir ma’noda shunday ham bo‘lmoqda...

Ha, bu "Barselona"da 17 yil yuqori darajada harakat qilgan Xavi uchun oson ish emas, albatta. U "Barselona"ni 2015 yilda tark etadi va Qatarning "Al-Sadd" klubiga ketadi. Shundan keyin, hammasi boshlangandi. "Barselona" yildan yilga moliyaviy muammolar girdobida qoladi. Ushbu muammodan qutilish uchun klub rahbariyati katta ishlarni amalga oshirdi. Xullas, hozir Xaviga hamma sharoitlar yaratib berilgan.

"Barselona"ga ilk bor kelgan payti Xavi shunday degandi: "Bu dunyoning eng katta klublaridan biri. Men esa jamoaning maqsadlarini amalga oshirish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman. "Barselona" durang yoki mag‘lubiyatni qabul qila olmaydi. Biz barcha o‘yinlarni yutishimiz shart. Faqat shu orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin".

Biz bugun, oradan bir yil o‘tib, Xavining "Barselona"dagi 50 ta o‘yin o‘tkazganiga guvoh bo‘ldik. Shu sabab u va undan oldin ishlagan oltita murabbiyning ilk 50 ta bahsini solishtirib ko‘rishga qaror qildik. Statistikani biz taqdim etamiz. Xulosa qilish esa, o‘zingizdan!

Xavi

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 28 ta
Durang: 11 ta
Mag‘lubiyat: 11 ta
Gollar: 94 ta
O‘tkazilgan gollar: 52 ta
Quruq o‘yinlar: 18 ta
O‘rtacha ochko: 1,9
G‘alaba qozonish: 56 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 22 foiz.

Ronald Kuman

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 33 ta
Durang: 7 ta
Mag‘lubiyat: 10 ta
Gollar: 116 ta
O‘tkazilgan gollar: 52 ta
Quruq o‘yinlar: 18 ta
O‘rtacha ochko: 2,12
G‘alaba qozonish: 66 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 20 foiz.

Ernesto Valverde

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 36 ta
Durang: 11 ta
Mag‘lubiyat: 3 ta
Gollar: 117 ta
O‘tkazilgan gollar: 26 ta
Quruq o‘yinlar: 30 ta
O‘rtacha ochko: 2,38
G‘alaba qozonish: 72 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 6 foiz.

Luis Enrike

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 42 ta
Durang: 3 ta
Mag‘lubiyat: 5 ta
Gollar: 144 ta
O‘tkazilgan gollar: 29 ta
Quruq o‘yinlar: 26 ta
O‘rtacha ochko: 2,58
G‘alaba qozonish: 84 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 10 foiz.

Xerardo Martino

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 37 ta
Durang: 8 ta
Mag‘lubiyat: 5 ta
Gollar: 135 ta
O‘tkazilgan gollar: 38 ta
Quruq o‘yinlar: 24 ta
O‘rtacha ochko: 2,32
G‘alaba qozonish: 74 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 10 foiz.

Pep Gvardiola

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 37 ta
Durang: 8 ta
Mag‘lubiyat: 5 ta
Gollar: 133 ta
O‘tkazilgan gollar: 42 ta
Quruq o‘yinlar: 20 ta
O‘rtacha ochko: 2,38
G‘alaba qozonish: 74 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 10 foiz.

Frank Raykard

O‘yinlar: 50 ta
G‘alaba: 28 ta
Durang: 12 ta
Mag‘lubiyat:10 ta
Gollar: 89 ta
O‘tkazilgan gollar: 40 ta
Quruq o‘yinlar: 20 ta
O‘rtacha ochko: 1,92
G‘alaba qozonish: 56 foiz
Mag‘lubiyatga uchrash: 20 ta.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:19, 19.10.2022.
O'qildi: 3414 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик