Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Ten Xag de Xea jamoadan ketishini inkor qilmadi

Ten Xag de Xea jamoadan ketishini inkor qilmadi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag darvozabon David de Xea jamoani tark etishini istisno qilmadi.

"Biz hali de Xea borasida bir qarorga kelganimiz yo‘q. Lekin shuni aytishim mumkinki, men undan darvozabon sifatida juda mamnunman. U mavsumning dastlabki ikki o‘yinini eng yaxshi saviyada o‘tkaza olmadi, ammo shundan so‘ng David himoyalanishimizga, barqarorlikni ta’minlashga qanchalik yordam berayotganini ko‘rish mumkin va u menga shaxs sifatida ham yoqadi. Men u bilan ajoyib ishlay olaman, lekin avval qishni kutamiz, keyin nima qilishimiz haqida gaplashamiz", - dedi ten Xag.

31 yoshli ispaniyalik futbolchi 2011 yilning iyul oyida "Manchester Yunayted"ga kelib qo‘shilgan va jamoa safida 501 ta o‘yinda maydonga tushib, 547 ta gol o‘tkazib yuborgan va 171 marta darvozani daxlsiz saqlagan.

Transfermarkt darvozabonni 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:50, 20.10.2022.
O'qildi: 2692 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик