Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya 3-1 Senegal
17/06 03:00 Iroq 1-4 Norvegiya
17/06 06:00 Argentina 3-0 Jazoir
17/06 09:00 Avstriya 3-1 Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Ispaniya chempionati to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. La Liga hukumatning yangi qaroriga shu tariqa norozilik bildirmoqchi

Ispaniya chempionati to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. La Liga hukumatning yangi qaroriga shu tariqa norozilik bildirmoqchi

Baho:
+ | -

Sportdagi yangi qonunlar bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli Ispaniya chempionati to‘xtatilishi mumkin.

La Liga prezidenti Xavyer Tebas 27 oktyabr kuni La Liga va Segunda klublarining navbatdan tashqari yig‘ilishini tashkil qilib, 28 oktyabrdan boshlab musobaqani to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Chempionat to‘xtatilishiga klublarning Ispaniyadagi yangi sport qonunlaridan noroziligi sabab bo‘lmoqda. Qonunda Ispaniya klublari bir vaqtning o‘zida milliy turnirlarda va Yevropa Superligasida qatnashish imkoniyati ko‘zda tutilgan. La Liga klublari esa CVC investisiya fondi bilan kelishuv xavf ostida qolishidan qo‘rqmoqda. Fond ispan jamoalari uchun taxminan 2 milliard yevro berishi kerak.

El Mundo nashrining xabariga ko‘ra, qonunning amaldagi o‘zgarishiga Ispaniyaning ikki oliy divizionidagi 42 ta jamoaning 39 tasi qarshi chiqmoqda. Faqatgina «Real», «Barselona» va «Atletik» bundan mustasno.

Shu tariqa, agarda qonun o‘zgartirilmasa, chempionatlar to‘xtatilishi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:46, 20.10.2022.
O'qildi: 1933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик