Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Xea faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

De Xea faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea "Betis"ga o‘tishi mumkin. Fichajes nashrining yozishicha, 31 yoshli darvozabon kelasi yozda ispan klubi bilan shartnoma imzolashga tayyor.

Avvalroq, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag darvozabonning o‘yinidan mamnun ekanligini, ammo uning kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmaganini aytgandi.

De Xea joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan va 6 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Darvozabonning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ispaniyalik darvozabonning narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:21, 20.10.2022.
O'qildi: 2362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик