Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Ronaldusiz "MYU"ning "Chelsi"ga qarshi tarkibi qanday ko‘rinish oladi?

Ronaldusiz "MYU"ning "Chelsi"ga qarshi tarkibi qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bugun APLning navbatdagi turi oldidan Londonga tashrif buyuradi. "Qizil iblislar" "Chelsi"ga qarshi maydonga tushishi kerak. Ten Xag esa ushbu bahsda jamoaning ikki hujumchisidan foydalana olmaydi. Xususan, Ronaldu asosiy tarkibdan chetlatilgan bo‘lsa, Marsyalda jarohat mavjud. Quyida mana shunday holatda, "MYU"ning tarkibi qanday ko‘rinish olishi haqida so‘z boradi.

37 yoshli Ronaldu "Tottenxem" bilan bahsda maydonga tushishdan bosh tortib, maydonni final hushtagidan avval tark etgandi. Aynan shu sabab klublar doirasida 700 ta golga mualliflik qilgan yulduz, asosiy jamoadan ajratib qo‘yildi. Bunday voqea mavsum boshida, "Rayo Valyekano"ga qarshi bahsda ham ko‘zga tashlangan edi. Shundan keyin Erik ten Xag holatga jiddiy reaksiya bildirishga majbur bo‘ldi. U Ronalduni jamoadan chetlatdi. Bu haqida niderlandiyalik mutaxassis shunday deydi: "Men Ronalduni birinchi martadan keyin ogohlantirganman. Siz futbolchi bo‘lsangiz, jamoa bilan birga bo‘lishni bilishingiz kerak. Chunki bu jamoaviy sport turi. Hamma bir xil standartlarga ko‘nikishga majbur. Men bu yerda bosh murabbiyman. Shuning uchun jamoadagi atmosfera, madaniyat va munosabatlarga javobgarman. Jamoada qadriyat bo‘lsagina, u shakllanadi".

Xo‘sh, endi "MYU"ning bugungi o‘yinga tayyorlab qo‘ygan taxminiy tarkibiga to‘xtalsak. Darvozada David De Xea bo‘ladi. Uning oldida markaziy himoyachilar Rafael Varan hamda Lisandro Martines harakat qiladi. Qanotlar Diyegu Dalot hamda Lyuk Shouga ishonib topshiriladi. Tayanch yarim himoyasida ikki hamyurtlar, Fred hamda Kazemiro maydonga tushiriladi. Hujumkor chiziqda Brunu Fernandesh, uning ikki tomonida Jeydon Sancho hamda Antoni bo‘lishi kutilmoqda.
Nominal hujum chizig‘ida Antoni Elanga harakat qiladi. Uning o‘rni esa, kezi kelganda Markuz Reshfordga beriladi.
Shuningdek, Fredning o‘rnida boshlang‘ich tarkibga Kristian Eriksen ham qo‘shilishi mumkin.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:27, 22.10.2022.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.